Siyosat

Prezident yoshlar bilan ishlashni eplay olmagan qator mansabdorlarni ishdan boʻshatdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Shavkat Mirziyoyev har bir ishdan ketgan odam ishlagan davrida olgan oyligini davlatga qaytarishini aytdi.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar bandligi va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha oʻtkazilayotgan videoselektor yigʻilishida yoshlar masalasida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun qator hokimlar ishdan boʻshatildi.
OʻzAning yozishicha, yigʻilishda Surxondaryo viloyatida yoshlar bandligini taʼminlash 30 foizni (15 ming 500 nafar) tashkil etishi, bu respublikadagi eng past koʻrsatkich ekani qayd etildi.
Shuningdek, Xoʻjaylida atigi 16 nafar (2 ming nafar yoshlar ishsiz), Furqat tumanida 27 nafar (2,1 ming nafar), Ulugʻnorda 78 nafar (3,7 ming nafar), Angorda 82 nafar (3,4 ming nafar) ishsiz yoshlar “1+1” loyihasi bilan qamrab olingan.
Shavkat Mirziyoyev i oxrana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.01.2021
Siyosat
DXXga yoshlar muammolarini tizimli oʻrganish vazifasi yuklatildi
Yoshlar bilan yetarli ish olib borilmagani oqibatida, Surxondaryo viloyatida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik oshgan. Bu boradagi ahvol Shofirkon, Qamashi, Xiva va Chust tumanlarida ham qoniqarsiz.
Yigʻilishda yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun
Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulugʻnor tumani hokimi Maxsudov;
yoshlar jinoyatchiligining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrmagani uchun Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari;
yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun, Xoʻjayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Shuningdek, savdo-sanoat palatasi raisiga tadbirkor yoshlar bilan ishlashni tizimli tashkil etmagan palataning Buxoro va Surxondaryo viloyatlari rahbarlarini lavozimidan boʻshatish boʻyicha topshiriq berildi.
“Har bir ishdan ketgan odam ishlagan davrida olgan oyligini davlatga qaytaradi. Rahbarlarning yoshlar masalasida eʼtiborsizlikka yoʻl qoʻyishiga haqqi yoʻq, - dedi Mirziyoyev.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala