Jamiyat

Rossiyadan chiqa olmagan migrantlarga VNJ berish taklif etildi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
TOSHKENT, 13 apr – Sputnik. Rossiyaning inson huquqlari boʻyicha vakili pandemiya tufayli qiyin vaziyatda qolgan migrantlar uchun navbatdagi yengilliklarni taklif etdi.
Rossiyaning inson huquqlari boʻyicha vakili Tatyana Moskalkova koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatni tark etolmay qolib ketgan chet ellik fuqarolarga vaqtinchalik yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirmagan holda vaqtinchalik yashashga ruxsat (VNJ) berishni taklif etdi.
Ishchi guruh Rossiyadagi oʻzbekistonlik migrantlar muammolarini oʻrganmoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Ishchi guruh Rossiyadagi oʻzbekistonlik migrantlar muammolarini oʻrganmoqda
"Rossiyaga qonuniy asoslarda kirib kelgan va pandemiya tufayli chiqib keta olmagan, Rossiya hududida bir yildan ortiq muddat boʻlgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga RVPni rasmiylashtirmasdan, balki darhol VNJ rasmiylashtirish taklifini kiritgan boʻlardim”, - degan Moskalkova. Ombudsman soʻzlaridan TASS iqtibos keltirgan.
Moskalkova shuningdek, mavjud qoidabuzarliklarga qaramasdan, mamlakatda boʻlib turish holatini qonuniylashtirishga imkon beradigan qonunloyihasini qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.
Bu tashabbus RF IIV rahbari Vladimir Kolokoltsev tomonidan taklif etilgandi.
Qonun loyihasi koronavirus pandemiyasi vaqtida Rossiyada yashash maqomini qonuniylashtirish uchun hujjatlarni toʻplay olmagan migrantlarni qamrab oladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala