Rossiyadan chiqa olmagan migrantlarga VNJ berish taklif etildi

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishMigranti
Migranti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili pandemiya tufayli qiyin vaziyatda qolgan migrantlar uchun navbatdagi yengilliklarni taklif etdi.
Rossiyaning inson huquqlari bo‘yicha vakili Tatyana Moskalkova koronavirus pandemiyasi tufayli mamlakatni tark etolmay qolib ketgan chet ellik fuqarolarga vaqtinchalik yashashga ruxsatnomani rasmiylashtirmagan holda vaqtinchalik yashashga ruxsat (VNJ) berishni taklif etdi.
Ishchi guruh Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar muammolarini o‘rganmoqda - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.04.2021
Ishchi guruh Rossiyadagi o‘zbekistonlik migrantlar muammolarini o‘rganmoqda
"Rossiyaga qonuniy asoslarda kirib kelgan va pandemiya tufayli chiqib keta olmagan, Rossiya hududida bir yildan ortiq muddat bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga RVPni rasmiylashtirmasdan, balki darhol VNJ rasmiylashtirish taklifini kiritgan bo‘lardim”, - degan Moskalkova. Ombudsman so‘zlaridan TASS iqtibos keltirgan.
Moskalkova shuningdek, mavjud qoidabuzarliklarga qaramasdan, mamlakatda bo‘lib turish holatini qonuniylashtirishga imkon beradigan qonunloyihasini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.
Bu tashabbus RF IIV rahbari Vladimir Kolokolsev tomonidan taklif etilgandi.
Qonun loyihasi koronavirus pandemiyasi vaqtida Rossiyada yashash maqomini qonuniylashtirish uchun hujjatlarni to‘play olmagan migrantlarni qamrab oladi.
Yangiliklar lentasi
0