Hodisalar

Toshkent viloyatida 21 yoshli qizni uylanish uchun oʻgʻirlab ketishdi

© Unsplash / Claudia SorayaSiluet jenщinы. Illyustrativnoye foto
Siluet jenщinы. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Qozoq millatiga mansub yigit tanishini oʻgʻirlab ketgan va u bilan nikohdan oʻtishga majburgagan.
TOSHKENT, 13 apr — Sputnik. Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida bir qizni uylanish uchun oʻgʻirlab ketgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Tergov departamenti xabar qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, 12 mart kuni qozoq millatiga mansub boʻlgan fuqaro 27 yoshli M.Q. tanishi 21 yoshli U.M.ni erkiga xilof ravishda nikohdan oʻtish uchun oʻgʻrilab ketgan. Qizni uyiga olib kelib, u bilan nikohdan oʻtishga majburlagan.
Biroq qiz qarshilik koʻrsatib, qochib ketishga muvaffaq boʻlgan. Keyin yigitning ustidan IIBga ariza bilan shikoyat qilgan.
Miting protiv nasilstvennogo prinujdeniya jenщin k braku proxodit v Bishkeke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
Fojiali oʻlim: Bishkekda kelin oʻgʻirlashga qarshi miting boʻlib oʻtmoqda
M.Q.ga nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 136-moddasi 1-qismi (Ayolni erga tegishga majbur qilish yoki uning erga tegishiga toʻsqinlik qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov departamenti bu turdagi jinoyatlar uchun qonunda 3 yilgacha qamoq jazosi koʻzda tutilganini eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala