Yaponiya “Fukusima-1” AESidan radioaktiv suvlarni okeanga tashlamoqchi

© REUTERS / KYODOPosledstviya zemlyatreseniya na Fukusime, Yaponiya
Posledstviya zemlyatreseniya na Fukusime, Yaponiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.04.2021
Obuna bo‘lish
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu operatsiya 2023-yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
TOShKENT, 13 apr – Sputnik. Yaponiya hukumati avariya holatidagi Fukusima-1 atom elektr stansiyasidagi suvlarni okeanga tashlashga qaror qildi. Tegishli ma’lumotlar “Kiodo” agentligi tomonidan tarqatilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiyani o‘tkazish 2023-yilga rejalashtirilgan.
Yadroviy reaktorlarni sovutish uchun foydalaniladigan suv ayni vaqtda AES hududidagi rezervuarlarda saqlanmoqda. Utilizatsiyadan oldin suv radioaktiv elementlardan, jumladan tritiydan tozalanadi.
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2021
"Fukusima-1" AESida avariya yuz bergan kun: 10-yil o‘tib Yaponiya qanday yashamoqda? — video
Rezervuarlarda suyuqliklar to‘planishi jadalligi barcha mavjud idishlar 2022-yil oxiriga borib to‘lishini ko‘rsatmoqda.

AQSh munosabati

Amerika Yaponiya Fukusimadagi suvlarni tashlash qarori to‘g‘riligini tasdiqlashini kutmoqda, deb bayonot berdi Davlat departamenti vakili Ned Prays.
“Noyob va murakkab vaziyatda Yaponiya turli variantlar va oqibatlarni o‘rganib chiqdi, qabul qilingan qarorga nisbatan shaffoflikni saqlab qoldi va uning ushbu muammoga yondashuvi xalqaro miqyosda qabul qilingan yadro xavfsizligi standartlariga mos keladigan ko‘rinadi. Yaponiya hukumati ushbu yondashuv samaradorliligini kuzatib borar ekan, mamlakat hukumati bilan keyingi muloqotlarimiz ham muvofiqlashtirilishiga umid qilamiz”, - dedi Prays.

Janubiy Koreya Yaponiyaning ushbu qarorini keskin tanqid qildi

Janubiy Koreya Yaponiya bunday qarorni qabul qilganidan afsusdaligini bildirib, avariya holatidagi “Fukusima-1”dagi suvlarni okeanga tashlash qarorini “biroqlama”, deya baholadi.
Janubiy Koreyaning davlat siyosatini muvofiqlashtirish bo‘yicha boshqarma rahbari Ku Yun Chxolning ma’lum qilishicha, mamlakat kun davomida Yaponiyani ushbu masalada qanday pozitsiyaga egaligi haqida xabardor etishni rejalashtirmoqda.
Janubiy Koreya shuningdek, MAGATE (Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro agentlik)ka tashqishdaligini bildirib, suvlarni tashlash jarayoni bo‘yicha ma’lumotlarni ochiqlash hamda surishtiruv o‘tkazishni talab qilmoqchi.

Xitoy da’vati

Xitoy Yaponiyani avariya holatidagi “Fukusima-1” AESidagi suvlarni utilizatsiya qilish masalasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Xitoy TIV e’lon qilgan rasmiy bayonotga ko‘ra, Yaponiya mas’uliyatni namoyon etishi va ko‘ptomonlama maslahatlashuvlarsiz hamda barcha manfaatdor davlatlar hamda MAGATE bilan kelishuvga erishmasdan turib okenaga suvlarni tashlamasligi lozim.
Okean – bu insoniyatning umumiy boyligi, avariya holatidagi “Fukusima-1”dan suvlarni tashlash masalasi esa – bu faqatgina Yaponiyaning ichki muammosi emas, deya ta’kidlanadi idora bayonotida.

Go‘shti qizil baliqlar uchun xatar

Yaponiyadagi avariya holatidagi “Fukusima-1” AESidan suvlarni tashlash ehtimoliy radioaktiv zaharlanishni Tinch okeanining shimoliy qismi markazi - tinch okeani lososi (qizil ko‘shtli baliq) vazn olayotgan qismiga olib chiqishi mumkin, deydi RIA Novostiga bergan intervyusida “Saxalin ekologik vaxtasi” jamoatchilik tashkiloti rahbari Dmitriy Lisitsin.
"Fukusima" Xonsyu orolining Tinch okeani qirg‘og‘ida joylashgan. Radioaktiv ifloslanish Xonsyu qirg‘oqlaridagi Tinch okeaniga tushganida, u Kurosio oqimi bilan shiddat ila va bir maromda shimoliy-sharqiy yo‘nalish olib, keyinchalik Shimoliy-Tinch okeani bo‘ylab tarqaladi.
Barcha zararli moddalar bevosita Tinch okeanining shimoliy qismiga olib chiqiladi.
Buning Rossiyaga xatari nimada? Tinch okeanining shimoliy qismida vazn olib va so‘ngra rossiyaliklar dasturxoniga kelib tushadigan turdagi baliqlar “Fukusima” tomonidan ma’lum zararlarni olishadi, suvlarning tashlanishi bilan esa bu zararlar miqdori yanada ortadi. Birinchi navbatda bu tinch okeani lososiga tegishli”, - deydi Lisitsin.

"Fukusima-1"dagi avariya

“Fekusima-1” AESidagi avariya 2011-yilning martida ro‘y bergan. O‘shanda sunami zarbasi natijasida stansiyada sovutish va energota’minot tizimlari ishdan chiqqan edi. Uchta reaktorda yadroviy yoqilg‘i erib, bu reaktorlarning himoya korpuslarini yondirib yuborgandi. Buni oqibatida vodorod portlashi ro‘y berdi va radioaktiv moddalar havoda tarqaldi, oqibatda stansiyaga yaqin hududlar zaharlanishi yuz berdi.
Shuningdek, alohida radioaktiv dog‘lar Yaponiyaning boshqa joylarida ham aniqlangan edi.
Dastlabki baholarga ko‘ra, avariya oqibatlarini bartaraf etishga 40-yil kerak bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0