Siyosat

YEXHT raisi Oʻzbekistonga keldi

© IA "Dunyo"Predsedatel OBSE Ann Kristin Linde priyexala v Uzbekistan
Predsedatel OBSE Ann Kristin Linde priyexala v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Tashrif doirasida Ann Kristin Linde Oʻzbekiston prezidenti Shavkat mirziyoyev tomonidan ham qabul qilinadi.
TOSHKENT, 13 apr - Sputnik. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Kristin Linde ikki kunlik tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi, deb xabar bermoqda "Dunyo" axborot agentligi.
YEXHT raisi tashrif doirasida Oʻzbekiston Senati va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazishi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar doirasida Oʻzbekiston va YEXHT hamda Oʻzbekiston va Shvetsiya aloqaldarini rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi, deyilgan xabarda.
Undan tashqari, Ann Kristin Linde Oʻzbekiston prezidenti Shavkat mirziyoyev tomonidan ham qabul qilinadi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 10 apreldan boshlab Oʻzbekistondan Yevropaga eksport qilinayotgan mahsulotlar uchun “GSP+” - YEIning imtiyozlar tizimi qoʻllanilishi boshlangan edi. Ushbu tizim rivojlanayotgan mamlakatlar YEIga oʻz mahsulotini eksport qilishi uchun qulaylik va yengilliklar yaratadi. Oʻzbekiston “GSP+” berilgan 9-mamlakat boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala