Ro‘zador odam emlanishi mumkinmi – shifokor javobi

© AOKASevara Ubaydullayeva - sotrudnik shtaba po borbe s koronavirusom
Sevara Ubaydullayeva - sotrudnik shtaba po borbe s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Obuna bo‘lish
Shifokor qanday holatlarda ro‘za tutayotgan odamlarga emlash tavsiya etilmasligini batafsil tushuntirib berdi.
TOShKENT, 14 apr- Sputnik. Ro‘zador odamda odatda qisman ruhiy va jismoniy toliqish bo‘ladi. Shunday holatda ham vaksina qabul qilish mumkinmi, degan savolga Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi, tibbiyot fanlari doktori Sevara Ubaydullayeva javob berdi.
Birinchi navbatda, o‘z salomatligiga ziyon yetkazmaydigan darajada ro‘za tutishni tavsiya etamiz.
Kimlar emlanishi mumkin
Ro‘zani belgilangan amalga muvofiq tutib, o‘z sog‘ligini ehtiyot qilgan holda tutgan fuqarolar emlanishi mumkin;
Ro‘za tutayotgan inson organizmida biror surunkali kasallik bo‘lsa va ushbu kasallik avj olmagan davri bo‘lsa – emlash tavsiya qilinadi;
Ro‘zador insonning sog‘ligi but bo‘lsa, surunkali kasalliklari bo‘lmasa va o‘rta yoshda bo‘lsa – ular ham emlanishi mumkin.
Kimlarga emlanish tavsiya etilmaydi
Surunkaoli kasalliklari bor yoki ro‘za tutish jarayonida organizmda surunkali holsizlik va ozuqa yetishmasligi kuzatilayotgan bo‘lsa - shifokor ularning holatini o‘rganib chiqib, organizmida biror o‘zgarish aniqlasa – vaqtincha emlash tavsiya qilinmaydi;
Sog‘lom inson organizmida ham biror o‘zgarish kechayotgani aniqlansa - emlash tavsiya etilmaydi;
Shuningdek, Sevara Ubaydullayeva Gripp va shamollash kasalligiga chalingan bemorlar ham kasallikning og‘ir davrida emlash mumkin emasligini va ularni kasallikdan 2 hafta o‘tib emlash mumkinligini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0