Dunyoda

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritdi

© AFP 2018 / BRENDAN SMIALOWSKIFlag SSHA
Flag SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
AQSH Rossiya kompaniyalari va alohida fuqarolariga nisbatan sanktsiyalar kiritdi va 10 nafar diplomatlarni chiqarib yuborishini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Vashington Moskvaga qarshi yangi sanktsiyalar kiritdi, deb xabar qildi Oq uy maʼmuriyati.
14 iyundan boshlab AQSH moliya muassasalariga Rossiya Markaziy banki va Moliya vazirligi hamda Milliy faravonlik fondi qimmatli qogʻozlarini sotib olish taʼqiqlanadi.
Shuningdek, Vashington Rossiyaning 6 ta texnologik komaniyalarini “Rossiya maxsus xizmatlarining kiberdasturiga yordam berishda” ayblab, ularga qarshi sanktsiyalar kiritdi. Birinchi qatorda harbiy texnopolis "Era" ushbu roʻyxatga kiritildi.
Yuriy Gagarin Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.04.2021
Dunyoda
AQSH koinotga ilk parvoz haqidagi xabarda SSSR va Yuriy Gagarin nomlarini aytib oʻtmadi
“Biz Rossiyani kiberhududda amalga oshirilgan SolarWinds holati kabi zararli faoliyati uchun javobgarlikka tortishda davom etamiz”, - deyilgan hujjatda.
Undan tashqari Rossiya tashqi razvedka xizmati SolarWinddan foydalangan holda “Keng koʻlamli kibershpionaj” faoliyatiga aloqador deyilgan.
Shu bilan birga sanktsiyaga kiritilgan shaxslar roʻyxati yana Rossiyaning 32 tashkiloti va fuqarolari bilan toʻldirildi. Ularning barchasiga “saylovlarga aralashishi” ayblovi qoʻyilgan.
Roʻyxatga kiritilgan shaxslar orasida Rossiya prezidenti maʼmuriyati rahbarining birinchi oʻrinbosari Aleksey Gromov va Yevgeniy Prigojinning kompaniyasi kiritilgan. Yangi choralar ushbu yuridik va jismoniy shaxslar mulklarini bloklash va viza cheklovlarini nazarda tutadi.
“AQSH oʻz hamkorlari ittifoqdoshlari xavfsizligini taʼminlash tarafdori. Bizning ushbu sanktsiyalar bilan ushbu printsipga qatʼiy amal qilishimizni yana bir bor tasdiqlamoqchimiz”- deyilgan Oq uy xabarida.
Sanktsiyalardan tashqari AQSH hukumati Rossiya diplomatik vakolatxonasining 10 nafar xodimlarini chiqarib yubormoqda. Bu borada Rossiya Federatsiya kengashi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Vladimir Djabarov Moskva AQShning ushbu harakatlariga mos ravishda javob qaytaradi, deb xabar qilgan edi.
Eslatib oʻtamiz, 14 aprel seshanba kuni Vladimir Putin va AQSH prezidenti Jo Bayden telefon orqali muloqot qilishgan va Jo Bayden Putin bilan yuzma-yuz koʻrishishni taklif qilgan edi.
Chorshanba kuni AQShning Rossiyadagi elchisi Djon Sallivanni Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov huzuriga taklif qilishib, Vashington yangi sanktsiyalar kiritgan taqdirda Moskva keskin javob qaytarishini taʼkidlagan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala