Hodisalar

DSQ raisi Olmaliqda sotuvchilar bilan boʻlgan voqea uchun uzr soʻradi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSherzod Kudbiyev – Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Respubliki Uzbekistan
Sherzod Kudbiyev – Ministr zanyatosti i trudovыx otnosheniy Respubliki Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Sherzod Kudbiyev bu holat soliq xizmati uchun uyatli ekanligini maʼlum qildi va aybdorlarga chora koʻrilishini taʼkidladi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Olmaliq shahrida soliqchilar yoyma holatda savdo qiladigan ayollarning molini tortib olib, ularni sudrab ketayotgan aks etgan videolavha tarqaldi.
Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Kudbiyev bunga munosabat bildirdi va xalqdan uzr soʻradi.
“Bu juda uyatli ish. Bu soliq idoralari xodimlari shaʼniga, vazifalariga toʻgʻri kelmaydi. Bunda oʻzlarini nooʻrin tutgan va xizmat vazifasini nooʻrin bajargan xodimlar, albatta, tegishli jazo choralari koʻriladi. Soliq organlari kuch ishlatar idora emas, aksincha tadbirkorlarga koʻmaklashuvchi idora. Men, hurmatli fuqarolarimizdan va xalqimizdan mana shunday soliqchilar oramizda borligi uchun uzr soʻrayman”, - dedi Kudbiyev.
DQS raisi bu masalaning oxirgacha yetishini va koʻrilgan choralar toʻgʻrisida qoʻshimcha axborot berilishini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala