Kolumnistlar

Hammasi Moskvaning “oʻzini tutishiga” bogʻliq: nemislar “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatadimi?

© REUTERS / Maxim ShemetovLogotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub
Logotip proyekta Severnыy potok - 2 na odnoy iz trub - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Ekspertlar xulosasiga koʻra, gaz quvuri qurib bitkaziladi, lekin uni toʻliq ishga tushirishmaydi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik, Kseniya Melnikova. AQSH Germaniya bilan Donald Tramp davrida buzilgan munosabatlarini tiklashga qaror qildi. Pentagon rahbari Berlinga uchib kelib u yerdagi AQSH askaralri sonini oshirishga buyruq berdi va shu bilan birga AQSH maʼmuriyati “Shimoliy Oqim-2”ga mutlaq qarshi ekanini bildirdi. Uning tashrifidan soʻng nemislar loyiha qurilishini toʻxtatishdi.

Amerikacha taʼzim

Germaniya “Shimoliy Oqim-2” qurilishi borasida AQSH fikriga quloq soladi. Xususan, loyihani qurib bitkazishga moratoriy kiritadi. Bu haqida Germaniya mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvdan soʻng maʼlum qildi.
Bu bilan AQSH maʼmuriyati Bayden davrida Vashington Berlin bilan munosabatlarni tiklashni istashini maʼlum qildi. Germaniya ham bunga tayyor ekanini bildirdi.
Hozircha gaz quvurining 95% qurib bitkazilgan, yoki 2460 kmdan 2339 km tayyor boʻlgan. Loyiha qurib bitkazilgan taqdirda Germaniya rossiya gazini maʼlum shartlar asosida sotib oladi. “Ular Moskvaning oʻzini tutishiga bogʻliq boʻladi”, - dedi Kramp-Karrenbauer.
Sudno-truboukladchik Fortuna - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Dunyoda
AQSH “Shimoliy oqim-2”ga qarshi yangi sanktsiyalar joriy etdi
Ostin boʻlsa, AQSH maʼmuriyati Boltiq dengizi tubi boʻylab oʻtkazilgan gaz quvuri qurib bitkazilishiga qarshi ekanini bildirdi. Lekin shu bilan birga u ushbu loyiha atrofidagi tortishuvlar AQSH-Germaniyaning yaqin munosabatlariga taʼsir qilmasligini bildirdi.
Kramp-Karrenbauer va uning Amerikalik hamkasabasi SHO-2dan tashqari boshqa muhim masalalarni ham muhokama qilishdi. Sobiq prezident Donald Tramp Germaniyani NATO oldida “koʻp milliardli” qarzi borlikda ayblab u yerdan AQShning 9,5 mingdan 12 minggacha askarlarini olib chiqishni rejalashtirgan edi. Yangi maʼmuriyat boʻlsa, harbiylar sonini yanada oshirishni rejalashtirmoqda, atigi 500 kishiga boʻlsa ham.
“Shimoliy Oqim-2” – Tramp davridan buyon Vashington va Berlin munosabatlarida eng asosiy toʻsiq boʻlib qolmoqda. AQSH SHO-2 Yevropa energetika bozorini ularning taʼsiri ostidan olib chiqishidan va kelajakda YEI Rossiya gaziga qaram boʻlib qolishidan xavotirda.
Gaz quvuri maxsus iqtisodiy hududlar va Germaniya, Daniya, Rossiya, Finlyandiya va Shvetsiya dengiz hududlari orqali oʻtgan. Kopengagen uzoq vaqt davomida gaz quvuri qurilishiga qarshi edi, lekin keyin rozi boʻldi. Germaniya eng boshidan loyihani “sof iqtisodiy” deb hisoblaydi va undan boshqa maqsadlarda foydalanmaslikka chaqirib kelmoqda. Lekin boshqa davlatlar bunday deb oʻylamaydi. Loyiha tanqidi bilan ekologlar va “yashillar” chiqmoqda.
Yaqinda Deutsche Umwelthilfe (DUH) – tabiatni muhofaza qilish tashkiloti Gamburg sudida Germaniya Dengiz harakati va gidrografiya boshqarmasi tomonidan “Shimoliy oqim-2” qurilishi uchun berilgan ruxsatnomaning qonuniyligi ustidan ariza bergan edi.
AQShdan tashqari Ukraina va Polsha ham ushbu gaz quvuriga qarshi chiqmoqda. Ushbu davlatlar Rossiya gazini oʻz hududi orqali tranzit qilishni va buning otidan daromad olishni istaydi.
Chexiya, Latviya, Estoniya, Litva, Vengriya, Slovakiya, Rumыniya va Xorvatiya – ham Ukraina va Polshani qoʻllab quvvatlashmoqda, chunki ular energetika bozorida Moskva taʼsiri kuchayib ketishidan xavotirda.

Tramp qarshiligi

Donald Tramp SHO-2 qurilishiga sanktsiyalar yordamida faol qarshilik koʻrsatgan edi. Uning atrofidagilar ushbu cheklovlar “loyiha yuragiga nayza sanchishiga” ishongan edi. 2017 yildan boshlab Tramp doimiy ravishda yangi va yangi sanktsiyalar kiritishda davom etdi – zarba asosan loyihada ishtirok etayotgan xorijiy kompaniyalarga berildi.
Dastlab Rossiyaning “mudofaa va razvedka sektorlari” bilan hamkorlik qilayotgan amerikalik va yevropalik kompaniyalarni jazolovchi qonun qabul qilindi. Ikki yildan soʻng AQShda imzolangan harbiy byudjetda ham ushbu “Shimoliy oqim-2”ni toʻxtatib turish choralari belgilangan edi. Shundan soʻng quvurla yotqizish bilan shugʻullanuvchi Shveytsariyaning Allseas kompaniyasi oʻz kemalarini Boltiq dengizining qurilish boʻlayotgan qismidan olib chiqdi.
Rotonda Kapitoliya v Vashingtone, - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.12.2020
Dunyoda
AQSH Kongressi "Shimoliy oqim-2"ga qarshi yangi sanktsiyalarni tasdiqladi
Yevropaliklarga bunday bosim yoqmadi, lekin ular qarshilik koʻrsata olishmadi.
Oq uyga Bayden kelishi bilan u murakkab vaziyat oldida qoldi: Bir tomondan ikkala partiya ham “Shimoliy oqim-2”ga qarshi chiqmoqda, ikkinchi tomondan – yangi prezidentga Yevroittifoq bilan buzilgan munosabatlarni tiklash kerak edi. Ayniqsa Germaniya bilan.
Fevral oyining oxirida esa, loyiha bilan bogʻliq boʻlgan “Fortuna” kemasi va uning mulkdori "KVT-Rus" kompaniyasi Amerikaning yangi sanktsiyalar roʻyxatiga tushib qoldi. Bu vaqtga kelib loyihada ishtirok etayotgan yevropaning 18ta firmasi ham Vashington poʻpisalari ostida undan chiqdi. Mart oyida AQSH SHO-2 ishtirokchilarini yangi sanktsiyalar bilan qoʻrqitdi.
Berlin uzov vaqt davomida Vashington harakatlarini tanqid qilib keldi. U yerda koʻpchillik loyiha qurib bitkazilishiga haligacha ishonadi. “Amerikada vaziyat qanday boʻlmasin, ularning barchasi Rossiya va Germaniya orasida munosabatlar yaxshilanishini, tizimli va ishbilarmon tus olishini istamaydi. SHO-2 AQSH yangi maʼmuriyatiga qaramasdan qurib bitkaziladi”, - deb hisoblaydi bundestaga deputati Valdemar Gerdt.
Kreml, Amerika tomonidan kiritilgan cheklovlar “Gazprom” ishini murakkablashtirishini tan oladi. 2021 yilning yanvar oyida imzolangan memorandumda “Gazprom” “vaziyat keskin oʻzgargan taqdirda” loyihani toʻxtatib turish yoki mutlaq bekor qilishni istisno qilmadi.
Umuman olganda, “Shimoliy oqim-2” Yevropa iqtisodi, xususan Germaniya uchun yutuqli loyiha”, - deb aytgan edi Vladimir Putin bir necha barobar. Ustiga ustak, Moskva yangi gaz quvurlari bilan bir vaqta Ukraina tranzitini saqlab qolishni ham vaʼda bermoqda. Bu ishda AQSH oʻz suyultirilgan gazini sotish uchun ham raqibni siqib chiqarayotganiga Rossiya ishonadi.

Tugatiladimi-yoʻqmi?

Ekspertlar xulosasiga koʻra, gaz quvuri qurib bitkaziladi, lekin uni toʻliq ishga tushirishmaydi.
“YEIda qabul qilingan yangi qonunga muvofiq bir gaz yetkazib beruvchi transport infratuzilmasining 50%dan ortigʻini egallay olmaydi” - deydi Rossiyaning Xalqaro ishlar boʻyicha kengashi direktori Andrey Kortunov.
Kortunov aytishiga koʻra, gaz quvurini yopib qoʻyish, yoki AQSH tomonidan Germaniyaga kompensatsiya toʻlash kabi stsenariylar ham mavjud. Vashington Yevropada amerikaning suyultirilgan gazini qabul qiluvchi terminallar qurishga investitsiya kiritishi mumkin. Lekin bu tizim Bayden davrida qanday rivojlanshi nomaʼlum, chunki u slanets gazi qazib olishga qarshi.
Shimoliy oqim: Nima uchun AQSH gaz quvuri qurilishiga toʻsqinlik qilmoqda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.12.2020
Video
AQSH nima uchun "Shimoliy oqim-2"ga toʻsqinlik qilmoqda - video
“Amerikaliklar shunchaki vaqtni choʻzayotgan boʻlishi ham mumkin. Merkel ketayapti u oʻz fikrini oʻzgartirmaydi. Kuzda Germaniyada boʻlib oʻtadigan yangi saylovlarda “yashillar” vakili gʻolib chiqishi mumkin. U esa “Shimoliy oqim-2”ga nisbatan butunlay boshqa munosabatda boʻlishi mumkin. Oʻshanda loyiha oʻz-oʻzidan yoʻq boʻladi”, - deb fikr yuritadi siyosatchi.
Rossiya Fanlar akademiyasining Germaniya izlanishlar markazi xodimi Aleksandr Kamkin xulosasiga koʻra, Pentagon rahbari tashrifi vaqtida Germaniya hukumatidan AQSH sulyutirilgan gazini sotib olishni talab qilgan.
“FRG gaz bozorini qisman diversifikatsiya qilish evaziga SHO-2ni qurib bitkazishga ruxsat oladi. Lekin gaz quvuriga qarshi siyosiy bosim saqlanib qoladi”, - dedi u suhbatda.
Germaniya mudofaa vaziri aytishiga qaraganda, nemis hukumati pozitsiyasini yakuniy deb baholamaslik kerak. Kramp-Karrenbauer Moskvaga nisbatan oʻzining keskin bayonotlari bilan tanilgan. Hozir AQSH va FRG oʻzaro kompromissga kelib munosabatlarni yaxshilashga harakat qilishmoqda. Buni qanday amalga oshirish hozircha nomaʼlum. SHO-2 qurilishiga moratoriy kiritish – muammoni hal qilish muddatini ortga surib qoʻyadi xolos.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala