Migratsiya

Migrantlar kelishmadi: Rossiyada ishchilar yetishmasligi sabab ekin maydoni qisqartiriladi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Fotobankka oʻtishVыraщivaniye klubniki
Vыraщivaniye klubniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Meva-sabzavot yetishtiruvchilari mehnat migrantlari kelishiga umid qilishgan, ammo ular yetishmasligi muammosiga duch kelishgan.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Rossiyaning uchta agrosanoat majmui ittifoqi vakillari korxonalarga ishchi kuchi yetishmayotganini maʼlum qildi.
“Izvestiya” nashri xabariga koʻra, meva-sabzavot yetishtiruvchilari mehnat migrantlari kelishiga umid qilishgan, ammo ular yetishmasligi muammosiga duch kelishgan. Bugungi kunda soha kamida 30 ming kishiga muhtoj.
Gap shundaki, migrantlar pandemiya vaqtida vataniga qaytib ketishdi, qishloq xoʻjaligi ishlari boshlanishiga yopiq chegaralar sabab qaytib kela olishmadi.
Milliy meva va sabzavot ittifoqi direktori Mixail Glushkovning soʻzlariga koʻra, avvaliga ishchi yetishmasligi 100 ming kishiga baholangan, lekin ishchilarning katta qismini (70 foiz) mintaqalar oʻz kuchlari bilan jalb qila olishgan. Talabalar va ishsizlar jalb qilingan.
Vyacheslav Postavnin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.01.2021
Migratsiya
Oʻzbekistonlik migrantlar Rossiyada nafaqat qurilishlarda kerak – Postavnin
Rossiya Reza meva ittifoqi agar masala yaqin kunlarda hal qilinmasa, ishlab chiqaruvchilar keyinchalik hosilni qoʻldan boy bermaslik uchun koʻchatlar sonini keskin qisqartiradi. Chunki uni terib olishga odam boʻlmaydi.
Reva meva tarkibiga kiruvchi xoʻjaliklar ehtiyoji bu mavsum uchun 2400 kishini tashkil etadi. Barcha meva xoʻjaliklariga esa 6 mingdan 10 mingacha mavsumiy chet el ishchilari kerak.
Yirik rejalarni amalga oshirish uchun Rossiyaga migrantlar yetishmayapti – Peskov
30-40 ming ishchi kuchi yetishmasligini Kartoshka ittifoqida ham tasdiqlashdi.
“Afsuski, doʻst mamlakatlardan keladigan ishchilar oʻrnini ichki kuchlar bilan toʻldira olmaymiz. Talabalarni jalb qilish ham vaziyatdan chiqib ketishga yordam bermaydi”, - dedi Kartoshka ittifoqi apparati rahbari Tatyana Gubina.
Rabochiye v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Migratsiya
Moskva bosqichma-bosqich migratsiya cheklovlarini bekor qiladi
Glushkovning soʻzlariga koʻra, mahalliy aholini mavsumiy mehnatga jalb qilish muammoni toʻliq hal qilish imkonini bermaydi, chunki koʻp ishlar maxsus taʼlim, tajriba va koʻnikmani talab qiladi.
“Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari ishlagan paytda ularning oʻzi turar joyni ijara olishardi va oziq-ovqat bilan taʼminlashardi. Agar talabalar olib kelinsa, masalan, fermerlar kuchi bilan ularga shart-sharoit muhayyo qilmoq zarur”, - deya tushuntirdi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala