Dunyoda

Oʻzbekiston Afgʻoniston boʻyicha Istanbul konferentsiyasiga taklif qilindi

© Sputnik / Ruslan Krivobok / Fotobankka oʻtishStambul, Turtsiya
Stambul, Turtsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Istanbul konferentsiyasi 24 aprel - 4 may kunlari boʻlib oʻtadi
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. 24 aprel - 4 may kunlari Oʻzbekiston Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtadigan Afgʻonistonda tinchlik jarayoniga bagʻishlangan xalqaro konferentsiyaga rasmiy taklifnomani oldi. Bu haqda Oʻzbekiston TIVning "Dunyo" axborot agentligi xabar qildi.
Tadbir tashkilotchilari - BMT, Turkiya va Qatar. Shuningdek, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Eron, Ozarbayjon, Germaniya, AQSH, Buyuk Britaniya taklif qilingan.
Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqining masʼul vakili, NATO bosh kotibi va Islom Hamkorlik Tashkilotining bosh kotibiga taklifnoma yuborildi.
Flag Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.04.2021
Siyosat
Afgʻoniston ilk bor "YEI - Markaziy Osiyo" muloqotida ishtirok etadi
14 aprel kuni AQSH hukumati Nyu-Yorkda amalga oshirilgan teraktlarning yigirma yilligiga (AQSH 43-prezidenti Jorj Bush administratsiyasi “Al-qoida”* terrorchilariga qarshi operatsiya boshlagan) Afgʻonistondan qoʻshinlarni 11 sentyabrgacha olib chiqib ketish toʻgʻrisida qaror qabul qilganini eʼlon qildi.
Bundan tashqari, “Tolibon”* bilan tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, AQSH harbiy kontingentini 1 maygacha Afgʻonistondan olib chiqilishi kerak. "Tolibon" vakillari aynan shu sanada turib olgan.
AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqilishini keyingi muddatga qoldirish mamlakatda qurolli mojaroning avj olishi, bu esa toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻonaro tinchlik muzokaralarini boshlash harakatlarini susaytirishi mumkin, deb aytdi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
Zaxarova Rossiya Turkiya Tashqi ishlar vazirligidan Afgʻoniston boʻyicha Istanbul konferentsiyasini 24 apreldan 4 maygacha oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabar olganini aytdi.
*Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala