Siyosat

Oʻzbekiston va Pokiston transport-logistika sohasida hamkorlikni chuqurlashtiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev privetstvuyet Imrana Xana na sammite v rejime videosvyazi
Shavkat Mirziyoyev privetstvuyet  Imrana Xana na sammite v rejime videosvyazi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Oʻzbekiston va Pokiston Afgʻonistonda tinchlik oʻrnatish, qoʻshni mamlakatning iqtisodiy rivojlanishiga hissa qoʻshish masalasida hamkorlik qilishga kelishib oldi.
TOSHKENT, 15 apr – Sputnik. Oʻzbekiston va Pokiston transport-logistika sohasida hamkorlikni chuqurlashtiradi. Ushbu masala Shavkat Mirziyoyev va Pokiston bosh vaziri Imron Xonning videoanjuman shaklidagi uchrashuvida muhokama qilindi.
Suhbat davomida, xususan ikki davlatning Transafgʻon temir yoʻlini strategik loyihasi doirasida amalga oshirilayotganm hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPremyer ministra Pakistana Imran Xan
Premyer ministra Pakistana Imran Xan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Premyer ministra Pakistana Imran Xan
Shuningdek, transport va tranzit sohasidagi ustuvor loyihalarni ilgari surish, tovar ayirboshlashni koʻpaytirish va ishlab chiqarish kooperatsiyasini kuchaytirish uchun qulay sharoitlarni yaratish uchun qoʻshimcha choralar koʻrish, jumladan, imtiyozli savdo toʻgʻrisida bitim va iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni qabul qilish, qoʻshma ishbilarmonlik forumlarini oʻtkazish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
Undan tashqari, Oʻzbekiston va Pokiston orasida aviaqatnovlarni tiklash masalasi, oʻrganib chiqildi.
Uchrashuvda muhokama qilingan yana bir muhim masala - Afgʻonistondagi vaziyatni tinch yoʻl bilan tez fursatda hal etish masalalariga alohida toʻxtaldi. Ushbu mamlakatning jadal iqtisodiy tiklanishiga qaratilgan saʼy-harakatlar qoʻllab-quvvatlandi.
Uchrashuv yakunida Qoʻshma bayonot qabul qilindi hamda standartlashtirish va metrologiya, qishloq xoʻjaligi va boshqa sohalarda qator muhim hujjatlar imzolandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala