Jamiyat

Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi emlanganlar soni 300 mingdan oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVaktsinatsiya v Tashkente
Vaktsinatsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Jami emlanganlar soni boʻyicha hamon Fargʻona viloyati birinchi oʻrinni egallab turibdi (47 946 nafar).
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. 1 apreldan 14 aprelgacha Oʻzbekistonda koronavirus qarshi 300 854 kishi emlandi. Kecha 43 896 kishi vaktsina oldi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda
Eng koʻp emlanganlar Fargʻona (47 946), Andijon (37 344) , Namangan (33 446) viloyatlari hissasiga toʻgʻri kelmoqda.
Toshkentda jami 17 715 kishi koronavirusga qarshi emlangan. Sirdaryo viloyati 8168 kishi bilan hududlar orasida eng soʻnggi oʻrinda.
Sevara Ubaydullayeva - sotrudnik shtaba po borbe s koronavirusom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Jamiyat
Roʻzador odam emlanishi mumkinmi – shifokor javobi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 1 apreldan aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash boshlandi. Oʻzbekistonliklar “AstraZeneca” va “ZF-UZ-VAC2001” vaktsinalari bilan emlanmoqda. Shuningdek, “Sputnik V” vaktsinasining 1 million dozasini xarid qilish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
14 aprel holatiga koʻra, mamlakatda koronavirus yuqtirib olganlar soni 85 730 nafarga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala