Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Ramazon oyi ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan muqaddas oy ekanini qayd etdi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy yodgorlik majmuasida bo‘lib, O‘zbeksiton xalqini muborak Ramazon oyi bilan muborakbod etdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Davlat rahbari Samarqand viloyatiga tashrifi davomida Imom Buxoriy majmuasida qurilayotgan ziyoratgoh loyihalari bilan tanishgan. Bu yerda katta masjid, to‘rtta simmetrik minora, baland ayvonlar, xiyobon bo‘ladi. Ko‘p sonli ziyoratchilarga zamonaviy qulayliklar yaratish uchun 7 ta mehmonxona, 3 ta avtotururgoh va avtobekat, supermarket, bozorcha barpo etiladi.
Ramazan xayit - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Ramazon taqvimi-2021
Shuningdek, oshxonalar, hunarmandchilik buyumlari rastasi, hammom, tahoratxona, kushxona qurilishi belgilangan.
2021 yil muborak Ramazon kunlarida ushbu ziyoratgohning qurilishi boshlandi. Prezident yerda nuroniylar va ziyolilar bilan uchrashdi.
Ramazon oyi – ezgu niyatlar ijobat bo‘ladigan muqaddas oy. Bu qurilishni shu oyda boshlayotganimiz ham xayrli, xosiyatli bo‘ladi, qalbimizga taskin beradi. Bu sohada qilayotgan ishlarimizdan maqsad – islomga e’tiqodimizni, alloma bobolarimizga hurmatimizni ilm bilan bildirish. Ajdodlarimizga munosib bo‘lish biz uchun juda katta burch.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Ramazon oyining 13-apreldan boshlandi. U karantin qoidalariga rioya qilgan holda milliy an’ana va qadriyatlarga mos ravishda o‘tkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0