O‘tgan yil oxirida Rossiyadan migrantlarining pul o‘tkazmalari kamaydi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat
Kliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Obuna bo‘lish
Mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari 2020-yil IV choragida 9,6 foizga kamaydi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Rossiyadan mehnat migrantlarining pul o‘tkazmalari 2020-yil IV choragida o‘tgan davrga nisbatan 9,6 foizga kamaydi, deb xabar qildi RIA Novosti.
Rossiya Banki ma’lumotlariga qaraganda 2020-yil so‘nggi choragida pul o‘tkazmalari faqat Belarus va Ukrainaga ko‘paygan. Bu davlatlarga o‘tkazmalar miqdori mos ravishda 30% va 1,6%ga ko‘tarilib, 110,3 va 159,8 million dollarni tashkil etdi.
MDHning qolgan davlatlari bo‘yicha salbiy dinamika kuzatildi.
Migrantlarning o‘tkazmalari Qozog‘iston 10%, O‘zbekiston 4 %ga kamaydi (summa 34,3 million va 913 million dollar).
Sdacha migrantami ekzamena po russkomu yaziku - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Mehnat migrantlari har 3-yilda rus tilidan imtihon topshiradi
O‘tgan yilning oxirgi choragida tojikistonlik mehnat migrantlari pul o‘tkazmalari 23,7 foizga kamaydi, jami 348,1 million dollar tashkil etdi.
Markaziy Osiyoning yana ikki davlati - Turkmaniston (25 foiz), Qirg‘iziston (20 foiz) kamaydi, 0,3 va 379,5 million dollar o‘tkazildi.
Yangiliklar lentasi
0