Dunyoda

Serbiya “Sputnik V” vaktsinasi ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishProizvodstvo vaktsinы Sputnik V
Proizvodstvo vaktsinы Sputnik V  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Serbiya Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi xabar qildi.
Qayd etilishicha, vaktsinani ishlab chiqarish “Torlak” vaktsina va zardoblar virusologiya instituti bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan.
“Shunday qilib, Serbiya Janubiy Yevropada “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqaradigan birinchi davlat boʻldi. Serbiyada ishlab chiqarish eng qatʼiy talablarga mos keladi”, - deyilgan xabarda.
Ishlab chiqarilgan vaktsina keyinchalik mintaqaning boshqa mamlakatlariga ham eksport qilishini mumkin.
Serbiyada aholini koronavirusga qarshi Rossiya vaktsinasi bilan emlash 6 yanvar kuni boshlangandi.
Myunxenskaya konferentsiya po bezopasnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.01.2021
Serbiya 250 ming doza "Sputnik V" vaktsinasiga buyurtma berdi - Vuchich
Koronavirusga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasidan allaqachon 60 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3 milliard kishini tashkil etadi. 30 dan ziyod mamlakatda esa aholini “Sputnik V” bilan ommaviy emlash boshlangan. “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal maʼlumotlariga koʻra, vaktsinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori koʻrsatgichlardan biri sanaladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala