Shvetsiyada O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi ochiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana prinyal deystvuyushego predsedatelya OBSE, ministra inostrannix del Shvetsii Ann Linde
Prezident Uzbekistana prinyal deystvuyushego predsedatelya OBSE, ministra inostrannix del Shvetsii Ann Linde - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Ann Linde bilan O‘zbekiston - Shvetsiya hamda O‘zbekiston - YeXHT munosabatlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 15 apr - Sputnik. Shvetsiyada O‘zbekiston diplomatik vakolatxonasi tashkil etiladi. Bu haqida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning YeXHTning amaldagi raisi, Shvetsiya tashqi ishlar vaziri Ann Linde bilan uchrashuvida ma’lum bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev Shvetsiyada O‘zbekistonning diplomatik missiyasini tashkil etish ikki davlat o‘rtasidagi va umuman O‘zbekiston va skandinav davlatlari hamkorlikning mavjud salohiyati va keng imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, uchrashuvda O‘zbekiston-Shvetsiya orasida ta’lim sohasida hamkorlik qilish, Shvetsiya yetakchi kompaniyalarining innovatsiyalari va investitsiyalarini mamlakatimizga jalb etish, savdo va kooperatsiya aloqalarini kengaytirish - munosabatlarning muhim yo‘nalishlari ekani ta’kidlandi.
Undan tashqari uchrashuvda O‘zbekiston YeXHT bilan konstruktiv sheriklikni rivojlantirish, xususan, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha burosi va Parlament assambleyasi bilan sermahsul muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Predsedatel OBSE Ann Kristin Linde priyexala v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
YeXHT raisi O‘zbekistonga keldi
Ann Linde iliq qabul va ochiq suhbat uchun samimiy minnatdorlik bildirdi va O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan demokratik yangilanishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqasida yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlash borasidagi siyosatni yuqori baholadi va qo‘llab-quvvatladi.
Yangiliklar lentasi
0