Tanzila Narbayeva Rossiyada vatandoshlar bilan uchrashdi

© SenatTanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF
Tanzila Narbayeva vo vremya vizita v RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Obuna bo‘lish
Senat raisi Rossiyadya mehnat qilayotgan migrantlar huquqlarini himoya qilish, ularning farzandlariga ota-onalari bilan birga bo‘lishga imkon yaratish masalalari muhokama qilinayotganini xabar qildi.
TOShKENT, 15 apr - Sputnik. O‘zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva Rossiyada davom etayotgan tashrifi doirasida 14-mart kuni o‘zbekistonlik vatandoshlar bilan muloqot qildi, deb xabar qilmoqda Senat axborot xizmati.
Xususan, Narbayeva Kazan, Sankt-Peterburg, Vladivostok, Yekaterinburg, Novosibirsk va Rostov va boshqa shaharlarida istiqomat qilayotgan, ishlayotgan va o‘qiyotgan vatandoshlarimiz, jumladan tadbirkorlar va yoshlar bilan bilan uchrashdi va videokonferensaloqa orqali ham suhbatlashdi.
Suhbat davomida vatandoshlarni huquqlarini himoya qilish, mehnatkashlar uchun patentlar olish, ularning farzandlari ta’lim olishi, ularni uy-joy bilan ta’minlash va ikki davlat o‘rtasidagi aviaqatnovlar borasidagi masalalar muhokama qilindi.
— Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putin tomonidan bu yerga kelib ishlayotgan fuqarolarga kerakli sharoitlar yaratilishi yuzasidan, ularning bolalari o‘z ota-onalari bilan yashashi va ta’lim olish masalalari qo‘yilgan. Bu masalalarni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Ivanovna va Federal Majlisi Davlat Dumasi Raisi Vacheslav Volodin bilan uchrashganimizda muhokama qilamiz, - dedi Narbayeva.
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva
O‘zbekiston Senati raisi
Shuningdek, Senat raisi O‘zbekiston hukumati xotin-qizlarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga, gender tenglikni ta’minlash bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar qabul qilinayotganini, ta’kidlab o‘tdi.
Yangiliklar lentasi
0