Dunyoda

“Tolibon”* 1 mayga qadar Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqilishini talab qildi

© REUTERS / Parwiz ParwizBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
AQSH prezidenti administratsiyasi vakili Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini 11 sentyabrgacha olib chiqilishini eʼlon qilgandi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. “Tolibon”* harakati 1 mayga qadar Afgʻonistondan xorijiy qoʻshinlarni olib chiqilishini talab qildi.
“Tolibon” harakati AQSH prezidenti Jo Bayden bayonotiga javob berdi: “AQSH qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqilishini kechiktirish – bu Dohada “AQSH - Tolibon” oʻrtasida erishilgan kelishuvining buzilishi, xorijiy harbiylar 1 mayga qadar Afgʻonistonni tark etishi kerak”.
"Qoʻshinlarni olib chiqish bir necha oyga kechiktirilayotgani va sentyabrgacha yakunlanishi sababli quyidagilarni bayon qilamiz: bu qaror Dohada erishilgan kelishuvning yaqqol buzilishi va oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaslik" - deyilgan bayonotda.
Stambul, Turtsiya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Dunyoda
Oʻzbekiston Afgʻoniston boʻyicha Istanbul konferentsiyasiga taklif qilindi
Tolibon "Amerikani va okkupatsiya qilgan barcha davlatlarni urushni choʻzilishini oqlashdan toʻxtashga va zudlik bilan barcha oʻz kuchlarini Afgʻonistondan olib chiqishga qatʼiy chaqiradi".
"Endi Amerika kelishuvni buzganida, bu mohiyatan Islom amirligi mujohidlariga (“Tolibon” boshqaruv tizimi nomi - tahr.) barcha zarur qarshi choralarni koʻrish imkoniyatini ochadi, shuning uchun kelajakdagi barcha oqibatlar uchun javobgarlik Amerika tomonida boʻladi", - deyiladi bayonotda.
Kuni kecha AQSH prezidentining administratsiyasi vakili Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini 11 sentyabrgacha olib chiqilishini eʼlon qilgandi.
Vakil, AQSH yetakchisi Jo Baydenning fikricha, qoʻshinlarni tez va muvofiqlashtirmagan tarzda olib chiqib ketish AQSH va uning ittifoqchilari uchun xavf boʻlgan boʻlishi mumkinligini taʼkidladi. AQSH mintaqadagi terrorchilik xavfini kuzatishda hamda Afgʻoniston “terrorchilar hujum uyushtirish mumkin boʻlgan” baza uchun maydon sifatida boʻlmasligi ustida ishlashda davom etishini qoʻshimcha qilgan.
AQSH oʻz qoʻshinlarini olib chiqilishini keyingi muddatga qoldirish mamlakatda qurolli mojaroning avj olishi, bu esa toʻgʻridan-toʻgʻri afgʻonaro tinchlik muzokaralarini boshlash harakatlarini susaytirishi mumkin, deb aytdi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala