“Tolibon”* 1-mayga qadar Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishini talab qildi

© REUTERS / Parwiz ParwizBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
Obuna bo‘lish
AQSh prezidenti administratsiyasi vakili Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini 11-sentabrgacha olib chiqilishini e’lon qilgandi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. “Tolibon”* harakati 1-mayga qadar Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqilishini talab qildi.
“Tolibon” harakati AQSh prezidenti Jo Bayden bayonotiga javob berdi: “AQSh qo‘shinlarini mamlakatdan olib chiqilishini kechiktirish – bu Dohada “AQSh - Tolibon” o‘rtasida erishilgan kelishuvining buzilishi, xorijiy harbiylar 1-mayga qadar Afg‘onistonni tark etishi kerak”.
"Qo‘shinlarni olib chiqish bir necha oyga kechiktirilayotgani va sentabrgacha yakunlanishi sababli quyidagilarni bayon qilamiz: bu qaror Dohada erishilgan kelishuvning yaqqol buzilishi va o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarmaslik" - deyilgan bayonotda.
Stambul, Tursiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
O‘zbekiston Afg‘oniston bo‘yicha Istanbul konferensiyasiga taklif qilindi
Tolibon "Amerikani va okkupatsiya qilgan barcha davlatlarni urushni cho‘zilishini oqlashdan to‘xtashga va zudlik bilan barcha o‘z kuchlarini Afg‘onistondan olib chiqishga qat’iy chaqiradi".
"Endi Amerika kelishuvni buzganida, bu mohiyatan Islom amirligi mujohidlariga (“Tolibon” boshqaruv tizimi nomi - tahr.) barcha zarur qarshi choralarni ko‘rish imkoniyatini ochadi, shuning uchun kelajakdagi barcha oqibatlar uchun javobgarlik Amerika tomonida bo‘ladi", - deyiladi bayonotda.
Kuni kecha AQSh prezidentining administratsiyasi vakili Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini 11-sentabrgacha olib chiqilishini e’lon qilgandi.
Vakil, AQSh yetakchisi Jo Baydenning fikricha, qo‘shinlarni tez va muvofiqlashtirmagan tarzda olib chiqib ketish AQSh va uning ittifoqchilari uchun xavf bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi. AQSh mintaqadagi terrorchilik xavfini kuzatishda hamda Afg‘oniston “terrorchilar hujum uyushtirish mumkin bo‘lgan” baza uchun maydon sifatida bo‘lmasligi ustida ishlashda davom etishini qo‘shimcha qilgan.
AQSh o‘z qo‘shinlarini olib chiqilishini keyingi muddatga qoldirish mamlakatda qurolli mojaroning avj olishi, bu esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri afg‘onaro tinchlik muzokaralarini boshlash harakatlarini susaytirishi mumkin, deb aytdi Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0