Jamiyat

Toshkent metrosidagi tabloda koʻrsatilgan “uyatsiz soʻzlar” yuzasidan izoh berildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStantsiya "Vtoraya" (vremennoye nazvaniye)
Stantsiya Vtoraya (vremennoye nazvaniye) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Sergeli yoʻnalishidagi bekatda vaqtni koʻrsatuvchi tablodagi axloqsiz gap aks ettirilgan video tarqaldi.
TOSHKENT, 15 apr — Sputnik. Toshkent metropolitenining Sergeli yoʻnalishidagi bekatda vaqtni koʻrsatuvchi tablodagi axloqsiz gap aks ettirilgan video tarqaldi.
Holat 3-Bekat” bekatida kuzatilgan va video TikTok ijtimoiy tarmogʻiga joylangan.
Toshkent metropoliteni holat yuzasidan munosabat bildirib, ichki xizmat tekshiruvi oʻtkazilganini maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, 12 aprel kuni soat 16:40 da ushbu vaqtni koʻrsatuvchi soat mexanizmiga kiberhujum (buzib kirish) uyushtirilgan.
“Ushbu darcha elektron tizimli boʻlib Wi-Fi orqali boshqariladi. Xakerlar soatga oʻrnatilgan parolni buzib, axloqsiz gaplarni satrga joylashtirgan”, - deyilgan xabarda.
Taʼkidlanishicha, yozuv 4 daqiqa ichida olib tashlangan. Huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan aybdorlar qidirilmoqda va ularga nisbatan tegishli choralar koʻriladi.
“Toshkent metropoliteni” UK rahbariyati telekommunikatsiya tarmogʻiga noqonuniy (sanktsiyasiz) ulanish uchun jinoiy javobgarlik belgilanganini eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala