Kolumnistlar

“Bu NATO ishi”: Rossiya chegarasi yaqinida nimalar boshlanmoqda

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishVoyennoslujaщiye Ukrainы vo vremya aktivnoy fazы sovmestnыx voyennыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti.
Voyennoslujaщiye Ukrainы vo vremya aktivnoy fazы sovmestnыx voyennыx ucheniy Ukrainы i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
AЫSH ikkita esminetsi Qora dengizga kirib keldi, Rossiya esa ikkita armiyasini va uchta havo-desant boʻlinmalari olib kelingan.
TOSHKENT, 16 apr — Sputnik. Qrim chegaralari yaqinida havo razvedkasi oʻtkazish, NATO kemalarining Qora dengizga kirib kelishi, keng koʻlamli oʻquv mashgʻulotlariga tayyorlanish, AQSH Ukrainaga joʻnatayotgan yashirin “yuklar” – soʻnggi kunlarda Sharqiy Yevropa hududida Shimoliy alyans keskin faollashdi.
Shu bilan birga Kiyev qoʻshinlarini Donbass chegarasiga yaqin hududga olib keldi Rossiya esa oʻz qoʻshinlarini mamlakat ichida harakatlantira boshladi. Rossiya gʻarbiy chegarasida nimalar boʻlayapti oʻzi?

Chegara ustidagi dronlar

Donbassda vaziyat kesinlashishi bilan NATO aviatsiyasi ushbu hudud yaqinida tez-tez paydo boʻlmoqda. Chegara chizigʻi ustida RQ-4 Global Hawk - razvedkachi dronlar tinimsiz navbatchilik qilmoqda. Ular DNR va LNR armiyalarining mudofaaga tayyorlayotganini kuzotmoqda. Albatta ular barcha fotosuratlarni darhol Kiyevdagi harbiy qoʻmondonlarga yetkazib bermoqda.
Gruppa korabley chetыrex stran NATO zashla v port Odessы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.03.2021
Dunyoda
NATO kemalari Odessa portiga kelishdi
Ukraina harbiy kuchlari ham havo razvedkasini faollashtirmoqda. Donbass koʻngilli askarlari osmonda Turkiyaning zarba beruvchi Bayraktar TB2 dronlarini ham koʻrishgan. Dronlar hozircha yerdagi nishonlarni oʻrganmoqda xolos. Ukraina Qurolli kuchlarida 6ta ana shunday dron bor. Ularni xarid qilish haqidagi shartnoma Vladimir Zelenskiyning Turkiyaga boʻlgan tashrifi davomida imzolangan edi.
Undan tashqari Gʻarb aviatsiyasi deyarli har kuni Qirm qirgʻoqlarini monitoring qilmoqda. Qora dengizning neytral suvlari ustidan Britaniya va Amerikaning Boeing RC135W, Lockheed P-3Corion va P-8Aposeidon radioelektron razvedka samolyotlari deyarli har kuni uchib oʻtmoqda. Ularning asosiy vazifasi – qora dengiz kemalari harakatlarini kuzatish va Yarim orolda joylashtirilgan havo mudofaa kuchlari joylashgan joyini aniqlashdir.

Sirli yuklar

NATO ushbu hududda oʻzining harbiy-dengiz kuchlari sonini oshirmoqda. Aprel oyining oxiriga qadar AQShning ikkita raketali esminetslari Qora dengizga kirib kelishi kerak. Pentagon rasmiy xabariga koʻra – kemalarning bu yerga kelishi “odatiy holat”. Lekin Kreml bunga keskin javob qaytardi. Chunki ushbu kemalarda 50taga yaqin “Tomogavk” qanotli raketalari joylashtirilgan.
“AQSH harbiy kemalari doimiy ravishda Qora Dengizga kirib turadi, lekin bu safar bu agressiv bayonotlar va oʻta bezbetlik bilan amalga oshirilmoqda”, - deb vaziyatga izoh berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Rossiya qoʻshinlari Ukraina chegarasi yaqinida nima qilayapti degan savolga javob oddiy - biz u yerda yashaymiz, bu bizning mamlakat, - deb javob qaytardi. Lekin AQSH harbiy kemalari va askarlari oʻz hududidan minglab kilometr uzoqda, Ukrainada nima qilayapti degan savolga haligacha javob yoʻq”, - deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Natsionalnыy flag Ukrainы i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.04.2021
Dunyoda
NATO tufayli Ukraina oʻz yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Undan tashqari AQSH Havo floti kuchlari Ukraina hududiga bir necha kunlardan buyon qanday “sirli” yuklar tashib kelmoqda. Ular nima? FlightRadar xizmati maʼlum qilishiga koʻra, amerikaning C-17 va C-130 samolyotlari AQSH, Germaniya va Boltiqboʻyi davlatlaridan Borispol aeroportiga yuk olib kelib qaytib ortga uchib ketmoqda.
Harbiy ekspert Aleksey Leonkov aytishiga qaraganda, Vashington Ukrainaga radioelektron kurash majmualari yetkazib bermoqda. Bu esa Ukraina qurolli kuchlarining hujumga oʻtishga tayyorlanayotganini bildiradi.
Shu oʻrinda Leonkov “Choʻldagi boʻron” operatsiyasida AQSH taktikasini misol keltirdi. Oʻshanda urushning birinchi kunidayoq amerikaliklar Saddam Husayn armiyasining barcha radarlarini ishdan chiqargan edi. Ushbu versiyaning isboti sifatida Ukraina harbiylari YEXHT missiyasiga tegishli boʻlgan uchuvchisiz apparatlarining boshqarish va GPS kanallarini bloklashni boshlaganini misol keltirdi. Bundan maqsad – hududga olib kelinayotgan harbiy texnika masshtablarini yashirishdir.
Rossiya ham qoʻl qovushtirib oʻtirgani yoʻq.
“Agar biror hodisa sodir boʻlsa, biz oʻz fuqarolarimiz, qayerda boʻlmasin, xavfsizligini taʼminlash uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz”, - dedi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov.
“Ushbu harakatlar oqibati toʻliq Kiyev va uning Gʻarbdagi kuratorlari vijdonida boʻladi. Biz AQShni ham ogohlantirmoqchimiz – ular bizning Qrim va Qora dengiz qirgʻoqlarimizdan uzoqroq boʻlgani yaxshi. Oʻzlariga foyda boʻladi”, - dedi vazir oʻrinbosari.

Oʻquv mashqlariga tayyorlanish

Gʻarb davlatlari qoʻshinlarining Rossiya chegaralari yaqinida faollashuviga yana bir sabab – NATOning may oyi oʻrtalarida rejalashtirilgan Defender Europe 2021 eng katta harbiy-oʻquv mashgʻulotlariga tayyorgarlik koʻrishi ham boʻlishi mumkin.
Oʻquv mashqi rejasiga koʻra, NATO Kaliningrad viloyatiga “hujum” qiladi, Rossiyaning gʻarbiy hududlarini “bloklaydi” va russlarning “ommaviy hujumini qaytaradi”.
Gosudarstvennыy sekretar SSHA Entoni Blinken i generalnыy sekretar NATO Yens Stoltenberg v Bryussele
 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.03.2021
Kolumnistlar
“Birgalikda javob qaytaramiz”: NATO Rossiyadan tashqari yana kimni tahdid deb biladi
Oʻtgan yillardan farqli oʻlaroq, 2021 yilda NATO mashqlarida Sharqiy Yevropa emas Janubiy Yevropaga eʼtibor beriladi. Harbiy mashgʻulotlar Chernogoriya, Kosovo va Albaniya hududlarida boʻlib oʻtishi kerak. Bolgariya va Rumыniya hududlarida havo mudofaa kuchlarining “yer – yer” turkumidagi raketlari bilan zarba beriladi. Vengriya boʻlsa “front orti” hududi vazifasini bajaradi. Oʻquv mashqlarida Ukraina harbiylari ham ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.
Amerikaliklar Yevropaga koʻp sonli harbiylarni, jumladan 1-kavaleriya va 82-havo desanti diviziyalarini olib kelishi rejalashtirilmoqda.
Yuzlab texnika birliklari Atlantika okeani orqali tashib kelinadi. Undan tashqari Florida shtatidan 53-piyoda qoʻshinlar guruhi ham olib kelinadi. Qoʻshinlarning bir qismi mashgʻulotlardan keyin Yevropada “esdan chiqib qolishi” ham mumkin, oldin koʻp marotaba boʻlgani kabi. Mutaxassislar fikriga koʻra, shunday yoʻl bilan Pentagon yil sayin Yevropada hujumchi imkoniyatini kuchaytirmoqda.
Yevropadagi AQSH qoʻshinlarning rasmiy saytida aytilishiga koʻra, ushbu oʻquv-mashqlari "AQSH va NATOdagi hamkorlar orasida “strategik hamkorlik va operativ tayyorlik darajasini oshirishga qaratilgan”.
Ushbu mashgʻulotlar uchinchi davlatlarga zarar yetkazmasligi alohida taʼkidlab oʻtilgan. Lekin Defender Europe 2021ning Rossiyaga qarshi qaratilgani – kundek ravshan. Bu haqida Uch tomonlama kontakt guruhi aʼzosi Ukraina spikeri Aleksey Arestovich ochiq aytdi: ushbu manyovrlarning maʼnosi shundaki, Boltiq dengizidan Qora dengizgacha boʻlgan hududda Rossiya bilan urush stsenariysini bajarish.
Mestnыe jiteli na odnoy iz ulits v poselke Veseloye Donetskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Kolumnistlar
Rossiya Gʻarb qanchalik Donbassni yondirishga tayyor ekanligini aniqlamoqda
Bunga javoban Rossiya va Belarus ham sentyabr oyida “Gʻarb – 2021” nomli keng koʻlamli harbiy mashgʻulotlarni oʻtkazishni rejalashtirgan. Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin aytishiga koʻra, “birgalikda oʻtkazilayotgan oʻquv-mashqlar qoʻshma harbiy hujumchi boʻlinmalarning yuqori urbanizatsiya qilingan hududlarda sinovdan oʻtkazish” va shuningdek "yangi va yangilangan qurollar namunasini sinovdan oʻtkazish uchun xizmat qiladi”.
Hozircha esa, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytishiga koʻra, harbiy tayyorgarlikni tekshirish maqsadida mamlakatning gʻarbiy hududlariga ikkita armiya va uchta havo-desant boʻlinmalari olib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala