“Bu NATO ishi”: Rossiya chegarasi yaqinida nimalar boshlanmoqda

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishVoyennoslujashie Ukraini vo vremya aktivnoy fazi sovmestnix voyennix ucheniy Ukraini i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti.
Voyennoslujashie Ukraini vo vremya aktivnoy fazi sovmestnix voyennix ucheniy Ukraini i stran NATO Rapid Trident-2020 na Yavorovskom poligone vo Lvovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
Obuna bo‘lish
AISh ikkita esminetsi Qora dengizga kirib keldi, Rossiya esa ikkita armiyasini va uchta havo-desant bo‘linmalari olib kelingan.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. Qrim chegaralari yaqinida havo razvedkasi o‘tkazish, NATO kemalarining Qora dengizga kirib kelishi, keng ko‘lamli o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorlanish, AQSh Ukrainaga jo‘natayotgan yashirin “yuklar” – so‘nggi kunlarda Sharqiy Yevropa hududida Shimoliy alyans keskin faollashdi.
Shu bilan birga Kiyev qo‘shinlarini Donbass chegarasiga yaqin hududga olib keldi Rossiya esa o‘z qo‘shinlarini mamlakat ichida harakatlantira boshladi. Rossiya g‘arbiy chegarasida nimalar bo‘layapti o‘zi?

Chegara ustidagi dronlar

Donbassda vaziyat kesinlashishi bilan NATO aviatsiyasi ushbu hudud yaqinida tez-tez paydo bo‘lmoqda. Chegara chizig‘i ustida RQ-4 Global Hawk - razvedkachi dronlar tinimsiz navbatchilik qilmoqda. Ular DNR va LNR armiyalarining mudofaaga tayyorlayotganini kuzotmoqda. Albatta ular barcha fotosuratlarni darhol Kiyevdagi harbiy qo‘mondonlarga yetkazib bermoqda.
Gruppa korabley chetirex stran NATO zashla v port Odessi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2021
NATO kemalari Odessa portiga kelishdi
Ukraina harbiy kuchlari ham havo razvedkasini faollashtirmoqda. Donbass ko‘ngilli askarlari osmonda Turkiyaning zarba beruvchi Bayraktar TB2 dronlarini ham ko‘rishgan. Dronlar hozircha yerdagi nishonlarni o‘rganmoqda xolos. Ukraina Qurolli kuchlarida 6ta ana shunday dron bor. Ularni xarid qilish haqidagi shartnoma Vladimir Zelenskiyning Turkiyaga bo‘lgan tashrifi davomida imzolangan edi.
Undan tashqari G‘arb aviatsiyasi deyarli har kuni Qirm qirg‘oqlarini monitoring qilmoqda. Qora dengizning neytral suvlari ustidan Britaniya va Amerikaning Boeing RC135W, Lockheed P-3Corion va P-8Aposeidon radioelektron razvedka samolyotlari deyarli har kuni uchib o‘tmoqda. Ularning asosiy vazifasi – qora dengiz kemalari harakatlarini kuzatish va Yarim orolda joylashtirilgan havo mudofaa kuchlari joylashgan joyini aniqlashdir.

Sirli yuklar

NATO ushbu hududda o‘zining harbiy-dengiz kuchlari sonini oshirmoqda. Aprel oyining oxiriga qadar AQShning ikkita raketali esmineslari Qora dengizga kirib kelishi kerak. Pentagon rasmiy xabariga ko‘ra – kemalarning bu yerga kelishi “odatiy holat”. Lekin Kreml bunga keskin javob qaytardi. Chunki ushbu kemalarda 50taga yaqin “Tomogavk” qanotli raketalari joylashtirilgan.
“AQSh harbiy kemalari doimiy ravishda Qora Dengizga kirib turadi, lekin bu safar bu agressiv bayonotlar va o‘ta bezbetlik bilan amalga oshirilmoqda”, - deb vaziyatga izoh berdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
“Rossiya qo‘shinlari Ukraina chegarasi yaqinida nima qilayapti degan savolga javob oddiy - biz u yerda yashaymiz, bu bizning mamlakat, - deb javob qaytardi. Lekin AQSh harbiy kemalari va askarlari o‘z hududidan minglab kilometr uzoqda, Ukrainada nima qilayapti degan savolga haligacha javob yo‘q”, - deydi Rossiya tashqi ishlar vaziri.
Natsionalniy flag Ukraini i flag Organizatsii Severoatlanticheskogo dogovora (NATO) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.04.2021
NATO tufayli Ukraina o‘z yeridan ayrilib qolishi mumkin – UXX generali
Undan tashqari AQSh Havo floti kuchlari Ukraina hududiga bir necha kunlardan buyon qanday “sirli” yuklar tashib kelmoqda. Ular nima? FlightRadar xizmati ma’lum qilishiga ko‘ra, amerikaning C-17 va C-130 samolyotlari AQSh, Germaniya va Boltiqbo‘yi davlatlaridan Borispol aeroportiga yuk olib kelib qaytib ortga uchib ketmoqda.
Harbiy ekspert Aleksey Leonkov aytishiga qaraganda, Vashington Ukrainaga radioelektron kurash majmualari yetkazib bermoqda. Bu esa Ukraina qurolli kuchlarining hujumga o‘tishga tayyorlanayotganini bildiradi.
Shu o‘rinda Leonkov “Cho‘ldagi bo‘ron” operatsiyasida AQSh taktikasini misol keltirdi. O‘shanda urushning birinchi kunidayoq amerikaliklar Saddam Husayn armiyasining barcha radarlarini ishdan chiqargan edi. Ushbu versiyaning isboti sifatida Ukraina harbiylari YeXHT missiyasiga tegishli bo‘lgan uchuvchisiz apparatlarining boshqarish va GPS kanallarini bloklashni boshlaganini misol keltirdi. Bundan maqsad – hududga olib kelinayotgan harbiy texnika masshtablarini yashirishdir.
Rossiya ham qo‘l qovushtirib o‘tirgani yo‘q.
“Agar biror hodisa sodir bo‘lsa, biz o‘z fuqarolarimiz, qayerda bo‘lmasin, xavfsizligini ta’minlash uchun barcha harakatlarni amalga oshiramiz”, - dedi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Rabkov.
“Ushbu harakatlar oqibati to‘liq Kiyev va uning G‘arbdagi kuratorlari vijdonida bo‘ladi. Biz AQShni ham ogohlantirmoqchimiz – ular bizning Qrim va Qora dengiz qirg‘oqlarimizdan uzoqroq bo‘lgani yaxshi. O‘zlariga foyda bo‘ladi”, - dedi vazir o‘rinbosari.

O‘quv mashqlariga tayyorlanish

G‘arb davlatlari qo‘shinlarining Rossiya chegaralari yaqinida faollashuviga yana bir sabab – NATOning may oyi o‘rtalarida rejalashtirilgan Defender Europe 2021 eng katta harbiy-o‘quv mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishi ham bo‘lishi mumkin.
O‘quv mashqi rejasiga ko‘ra, NATO Kaliningrad viloyatiga “hujum” qiladi, Rossiyaning g‘arbiy hududlarini “bloklaydi” va russlarning “ommaviy hujumini qaytaradi”.
Gosudarstvenniy sekretar SShA Entoni Blinken i generalniy sekretar NATO Yens Stoltenberg v Brussele
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.03.2021
“Birgalikda javob qaytaramiz”: NATO Rossiyadan tashqari yana kimni tahdid deb biladi
O‘tgan yillardan farqli o‘laroq, 2021-yilda NATO mashqlarida Sharqiy Yevropa emas Janubiy Yevropaga e’tibor beriladi. Harbiy mashg‘ulotlar Chernogoriya, Kosovo va Albaniya hududlarida bo‘lib o‘tishi kerak. Bolgariya va Ruminiya hududlarida havo mudofaa kuchlarining “yer – yer” turkumidagi raketlari bilan zarba beriladi. Vengriya bo‘lsa “front orti” hududi vazifasini bajaradi. O‘quv mashqlarida Ukraina harbiylari ham ishtirok etishi ham rejalashtirilgan.
Amerikaliklar Yevropaga ko‘p sonli harbiylarni, jumladan 1-kavaleriya va 82-havo desanti diviziyalarini olib kelishi rejalashtirilmoqda.
Yuzlab texnika birliklari Atlantika okeani orqali tashib kelinadi. Undan tashqari Florida shtatidan 53-piyoda qo‘shinlar guruhi ham olib kelinadi. Qo‘shinlarning bir qismi mashg‘ulotlardan keyin Yevropada “esdan chiqib qolishi” ham mumkin, oldin ko‘p marotaba bo‘lgani kabi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, shunday yo‘l bilan Pentagon yil sayin Yevropada hujumchi imkoniyatini kuchaytirmoqda.
Yevropadagi AQSh qo‘shinlarning rasmiy saytida aytilishiga ko‘ra, ushbu o‘quv-mashqlari "AQSh va NATOdagi hamkorlar orasida “strategik hamkorlik va operativ tayyorlik darajasini oshirishga qaratilgan”.
Ushbu mashg‘ulotlar uchinchi davlatlarga zarar yetkazmasligi alohida ta’kidlab o‘tilgan. Lekin Defender Europe 2021ning Rossiyaga qarshi qaratilgani – kundek ravshan. Bu haqida Uch tomonlama kontakt guruhi a’zosi Ukraina spikeri Aleksey Arestovich ochiq aytdi: ushbu manyovrlarning ma’nosi shundaki, Boltiq dengizidan Qora dengizgacha bo‘lgan hududda Rossiya bilan urush ssenariysini bajarish.
Mestnie jiteli na odnoy iz ulis v poselke Veseloe Doneskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
Rossiya G‘arb qanchalik Donbassni yondirishga tayyor ekanligini aniqlamoqda
Bunga javoban Rossiya va Belarus ham sentabr oyida “G‘arb – 2021” nomli keng ko‘lamli harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazishni rejalashtirgan. Belarus mudofaa vaziri Viktor Xrenin aytishiga ko‘ra, “birgalikda o‘tkazilayotgan o‘quv-mashqlar qo‘shma harbiy hujumchi bo‘linmalarning yuqori urbanizatsiya qilingan hududlarda sinovdan o‘tkazish” va shuningdek "yangi va yangilangan qurollar namunasini sinovdan o‘tkazish uchun xizmat qiladi”.
Hozircha esa, Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu aytishiga ko‘ra, harbiy tayyorgarlikni tekshirish maqsadida mamlakatning g‘arbiy hududlariga ikkita armiya va uchta havo-desant bo‘linmalari olib kelingan.
Yangiliklar lentasi
0