Keyingi yilda MDH PA majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi

© MPA SNGFlagi stran SNG
Flagi stran SNG - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
Obuna bo‘lish
2022 yilda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashi majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
TOShKENT, 16 apr — Sputnik. 2022-yil noyabrda MDH Parlamentlararo Assambleyasi kengashi majlisi O‘zbekistonda o‘tkaziladi.
13-16 aprel kunlari RFga tashrifi doirasida O‘zbekiston parlamenti yuqori palatasi rahbari Tanzila Norboyeva MDHga a’zo davlatlar Parlamentlararo Assambleyasi Kengashining majlisida ishtirok etdi.
Predsedatel GD vstretilsya s Predsedatelem Senata Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.04.2021
Saylovlar, rus tili, migrantlar: Norboyeva va Volodin qaysi mavzularni muhokama qildi
Kengash a’zolari 2021-yil 27-28 may kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan IX Neva xalqaro ekologik kongressi va 2021-yil 13-15 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan uchinchi Yevroosiyo ayollar forumiga tayyorgarlikning borishini muhokama qildi. Parlament a’zolari yanvar oyida bo‘lib o‘tgan saylov kampaniyalarini kuzatish natijalarini va boshqa qator masalalarni ham ko‘rib chiqdi.
MDHning yubiley sammitini Minskda o‘tkazish rejalashtirilgani ta’kidlandi. 2022-yil noyabrda MDH PA majlisini O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib olindi.
Yangiliklar lentasi
0