Jamiyat

Men har doim Samarqandni sogʻinaman – prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev proveril, kak idet stroitelstvo novogo turisticheskogo tsentra v Samarkandskoy oblasti
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev proveril, kak idet stroitelstvo novogo turisticheskogo tsentra v Samarkandskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
Samarqandni ulan islohotlar kutmoqda: Shahar 30 ming gektarga kengaytiriladi va hokimiyat shahar chetiga koʻchiriladi.
TOSHKENT, 16 apr – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida viloyatga rahbar boʻlgan yillarini esga olib, oʻsha yillar va bugungi sharoitlarni taqqosladi.
- Men har doim Samarqandni sogʻinaman. Koʻp joylarda ishladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda koʻp qoʻl keladi. U paytlar qoʻlimiz kalta, imkoniyatimiz cheklangan edi. Shuni eʼtiborga olib, har safar Samarqandga kelganimda oʻzimga savol beraman: hozirgi imkoniyatlarni oʻsha paytda qilish mumkinmidi?
Shuningdek, prezident Samarqandga tashrifi doirasida viloyat faolllari bilan uyushtirilgan uchrashuvda Samarqandda rivojlantirish kerak boʻlgan 5ta sohani sanab oʻtdi.
Bular – sanoat, transport logistikasi, yirik industrial issiqxonalar, xizmat koʻrsatish va turizm. Ushbu sohalarda amalga oshirilishi zarur boʻlgan chora-tadbirlar aytib oʻtilib, masʼullar belgilandi.
Undan tashqari, prezident Samarqand shahrini 1 million aholi yashaydigan shaharga aylantirish dasturi doirasida shahar hududini qoʻshni tumanlardan Yangikent, Siyob, Soʻgʻdiyona va Maroqand kabi hududlarini kiritish hisobiga 30,5 ming gektarga kengaytirish va shahar maʼmuriyati Gulobod mahallasiga koʻchib oʻtishini taʼkidladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala