Rossiyaga xorijdan kirib kelish qoidalari o‘zgartirildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishMediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo
Mediko-sanitarnaya chast aeroporta Domodedovo - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiya va YeOII davlatlari fuqarolari Rossiyaga kirib kelganidan so‘ng qanday talablarni bajarishi kerakligi haqida maqolamizda tanishing.
TOShKENT, 16 apr – Sputnik. Rossiyadan 15-apreldan boshlab xorijdan kirib kelayotgan fuqarolar uchun yangi qoidalar kuchga kirdi. Bu haqida Rospotrebnadzor xabar qilmoqda.
15 apreldan boshlab Rossiya chegarasini har qanday transportda kesib o‘tgan fuqaro quyidagi talablarni bajarishi kerak:
Davlat xizmatlari sahifasida anketa to‘ldirishi kerak;
Xorijdan qaytib kelganidan so‘ng 3 kun ichida COVIDga PZR-test topshirishi kerak;
Test javobini belgilangan sahifaga yuborishi kerak;
Test javobi olinganiga qadar o‘z-o‘zini yakkalashi (uyda o‘tirishi) kerak.
Rossiyaga har qanday transportda kirib kelayotgan YeOII davlatlari (Armaniston, Belarus, Qirg‘iziston va Qozog‘iston) fuqarolari kirib kelishda "Puteshestvuyu bez COVID-19" dasturi orqali salbiy natijali PZR-test topshirganlarini tasdiqlashlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston fuqarolari uchun Rossiya chegaralari hozircha ochilgani yo‘q. Rossiyaga kelish uchun qonunda belgilangan hujjatlarga ega bo‘lishi (Rossiyada davolanish, Rossiya fuqarosi bo‘lgan oila a’zosi yoniga va ho kazo) va maxsus parvozlarga chipta olgan bo‘lishi kerak. Parvozdan uch kun oldin PZR-test topshirishi kerak.
Bugungi kunda “Moskva-Toshkent-Moskva” yo‘nalishida har yakshanba kunlari Rossiyaning aeroflot kompaniyasi hamda “Toshkent – Moskva – Toshkent” har shanba kunlari UzAirways samolyotlari parvoz qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0