Iqtisod

Shavkat Mirziyoyev “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil SEZ "Urgut"
Shavkat Mirziyoyev posetil SEZ Urgut - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.04.2021
"Urgut" EIZida sunʼiy toladan gilamlar, gaz plitalari va elektr duxovkalar, gigiyena vositalari, kiyim-kechak ishlab chiqarilmoqda.
TOSHKENT, 16 apr - Sputnik. Samarqand viloyatiga boʻlib oʻtayotgan tashrifi doirasida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Urgut” erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi.
Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida 55 ta korxona oʻz faoliyatini boshlagan va yana 29ta korxona ishga tushirilish arafasida turibdi. Bu yerda sunʼiy toladan gilamlar, gaz plitalari va elektr duxovkalar, gigiyena vositalari, kiyim-kechak jami 220 turdagi mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda.
Prezident “Kamalak Tekstil” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. Urgut tumanining Mergancha massivida joylashgan ushbu shirkatda gilam va tafting, kovrolin mahsulotlari, sintetik ip va sunʼiy chim ishlab chiqarilmoqda. Korxonada Belgiya, Shveytsariya, Avstriya, Frantsiya va Germaniya davlatlarining zamonaviy, energiya tejovchi uskuna va jihozlari oʻrnatilgan. 328 ta ish oʻrni yaratilgan.
1/4
2/4
3/4
4/4
1/4
2/4
3/4
4/4
Oʻtgan yili bu yerda tayyorlangan 170 milliard soʻmlik mahsulotning 59 foizi ichki bozorga, 41 foizi xorijga sotilgan. Joriy yilda 7,5 million dollarlik mahsulot eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Shundan soʻng Shavkat Mirziyoyev “Sam elektro servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati mahsulotlarini ham koʻzdan kechirdi. Ushbu korxona “Ideal” brendi ostida yiliga 260 ming dona elektr duxovka, 150 ming dona gaz plitalari va ular uchun qoʻshimcha buyumlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Unga Germaniya, Turkiya va Xitoydan zamonaviy, energiya tejovchi uskuna va jihozlar keltirib oʻrnatilgan.
2020 yilda umumiy qiymati 58 milliard soʻmlik mahsulotlar ishlab chiqarilib, uning 32 foizi xorijga eksport qilingan. Joriy yilda 2 million dollarlik mahsulot eksport qilish koʻzda tutilgan.
1/3
2/3
3/3
1/3
2/3
3/3
Undan tashqari “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida ayni paytda qiymati 90 million dollarlik 29 ta loyiha boʻyicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Mazkur loyihalar ishga tushirilishi natijasida yana 2 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratiladi.
“Urgut” EIZi 2017 yilning 12 yanvarida prezident farmoniga asosan tashkil qilingan edi. Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 402 million dollarlikdan ziyod 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. 55 ta loyiha boʻyicha ishlab chiqarish boshlangan ularda 4328 kishi ish bilan taʼminlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala