Hodisalar

Fargʻonada nomaʼlum shaxslar toʻpponcha bilan dorixonalarga hujum qildi

Fargʻonada IIB xodimlari qator bosqinchilik jinoyatlarini issiq izidan ochishga muvaffaq boʻlishdi
TOSHKENT, 17 apr – Sputnik. Fargʻonada nomaʼlum shaxslar pnevmatik toʻpponcha bilan dorixonalarga hujum qildi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston IIV huzuridagi Tergov departamenti.
Xabarda aytilishicha, hodisa 11 aprel kuni yarim tundan oʻtganda sodir boʻlgan. Nomaʼlum shaxslar yuziga tibbiy niqob taqqan holda Fargʻona shahridagi dorixonaga pnevmatik toʻpponcha bilan qurollangan holda bostirib kirib, dorixonadagi navbatchi sotuvchini oʻldirish bilan qoʻrqitib, kassadagi 600 ming soʻm pullarni olib chiqib ketgan.
Na rыnke Kuylyuk pravooxraniteli zaderjali karmannika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Hodisalar
Toshkent viloyatida sotuvchidan "abonent toʻlovi" talab qilgan ayollarga jinoyat ishi ochildi
Shuningdek, ushbu ikki nafar nomaʼlum shaxslar Fargʻona shahridagi dorixonalarning biriga bostirib kirib, 20 yoshli navbatchi sotuvchini pnevmatik pistolet bilan qoʻrqitib, kassadagi 400 000 soʻm pul va kuzatuv kamerasining xotira saqlash moslamasini olib, hodisa joyidan yashiringan.
Fargʻona viloyati IIB tomonidan yuqoridagi jinoyatlarni issiq izidan fosh qilgan.
Jinoyatchilarni shaxsini aniqlash maqsadida JQB, YHXB, PPX, Tergov boshqarmasi hamda boshqa sohaviy xizmatlar xodimlaridan iborat maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilib, jinoyatga aloqador “Cobalt” rusumli avtomashina har ikki holatda ham aloqadorligi aniqlangan. Avtomashina yoʻnalishi sinchkovlik bilan oʻrganilganda, mazkur jinoyatni Qoʻqon shahrida yashovchi fuqarolar - 41 yoshli Dilshod va 43 yoshli Sherzodlar sodir qilganliklari maʼlum boʻlgan va ular viloyat IIB xodimlari tomonidan yashash manzilida qoʻlga olingan.
Avtomobil politsii v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.06.2020
Migratsiya
Rossiya IIV migrantlar orasida jinoyatlar soni kamayganligini maʼlum qildi
Tintuv vaqtida ularning xonadonlaridan bir dona pnevmatik toʻpponcha, bir dona "Kalashnikov" pnevmatik avtomati, 250 dona dumaloqsimon pnevmatik oʻqlar, 1 juft avtomashina davlat raqami, bir dona ratsiya, niqob, qoʻlqoplar, 3 dona kuzatuv kamerasi xotira moslamasi, 20 ta sim-karta, 4 dona pichoq, bir dona dron, shunindek, "Cobalt" rusumli avtomashinadan bir dona chopqi, bir dona otverka, bir dona ombir va 1 juft avtomashina davlat raqam belgisi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “a,b” bandlari (bosqinchilik) bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yuzasidan T.Dilshod va X.Sherzodlar ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Bundan tashqari, tergov harakatlari davomida, ushbu shaxslarni yana boshqa jinoyatga aloqadorliklari yuzasidan tekshiruvlar olib borilmoqda.
Tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala