Migratsiya

Nolegal migrantlar Rossiyadan 15 iyunga qadar chiqib ketishlari kerak – IIV

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishPribыtiye poyezda Tashkent-Moskva
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Rossiya IIV maʼlumotiga koʻra, mamlakatda 332 ming nafar nolegal oʻzbekistonlik mehnat muhojirlari bor.
TOSHKENT, 17 apr — Sputnik. Joriy yilning 15 iyuniga qadar nolegal mehnat muhojirlari Rossiyani tark etishlari kerak. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Aleksandr Gorovoy bayonot bergan.
Rossiyadan chiqmagan migrantlar sanktsiyalarga duch kelishlari mumkin.
Gorovoy ushbu bayonotni MDH Parlamentlararo assambleyasining 52-yalpi majlisida aytgan. Majlisda koronavirus pandemiyasi vaqtida migratsiya masalalari muhokama qilingan.
Kliyent Sberbanka vnosit nalichnыe dengi v bankomat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.04.2021
Migratsiya
Oʻtgan yil oxirida Rossiyadan migrantlarining pul oʻtkazmalari kamaydi
IIV rahbari birinchi oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, Rossiyada migrantlar uchun keng koʻlamli yengilliklar joriy etilgan edi: xususan, pandemiya vaqtida mamlakatdan chiqa olmay qolib ketgan migrantlarning ruxsat beruvchi hujjatlari avtomatik ravishda uzaytirilgan, migratsion talablarni buzganlik uchun sanktsiyalar qoʻllanilishi vaqtinchalik toʻxtatilgan va boshqalar.
Ammo ayni vaqtda Rossiyada nolegal migrantlar soni yarim milliondan oshib ketgan.
Predsedatel GD vstretilsya s Predsedatelem Senata Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.04.2021
Siyosat
Saylovlar, rus tili, migrantlar: Norboyeva va Volodin qaysi mavzularni muhokama qildi
"Agar biz sizlar bilan ular sonini prezident qarorida aytilganidek 15 iyunga qadar pasaytirmasak, ularga nisbatan jazo qoʻllaniladi — migrantlar chiqarib yuboriladi va chegaralar yopiladi. Men sizlar oʻz davlatlaringizda OAV yordamida tashviqot ishlarini olib borishingizni istardim”, — dedi Gorovoy.
Rossiyadagi nolegal migrantlar soni MDH kesimida:
Oʻzbekistonliklar – 332 ming nafar;
Tojikistonliklar – 247 ming nafar;
Ukrainlar - 152 ming nafar;
Ozarbayjonliklar - 120 ming;
Qirgʻizistonliklar - 115 ming;
Armanistonliklar – 61 ming;
Moldovaliklar - 56 ming;
Qozogʻistonliklar - 49 ming.
Rossiya IIV rahbari oʻrinbosari pandemiya boshlangan davrdan buyon Rossiya hududida migrantlar uchun yashash muddatlari toʻrt marta uzaytirilganini qoʻshimcha qildi. Prezidentning soʻnggi qarori bilan bu muddat 15 iyunga qadar uzaytirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala