Jamiyat

Oʻzbekistonda karantin qoidalari yana kuchaytiriladi

© AFP 2018 / YURI KORSUNTSEVPolitseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Bogʻcha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan toʻxtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi.
TOSHKENT, 17 apr - Sputnik. Ertaga, 18 apreldan karantin qoidalari yanada kuchaytiriladi.
Bu haqda bosh vazir boshchiligidagi kengaytirilgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Bogʻcha va maktablarda kasallanish holati aniqlangan taqdirda, ularning faoliyatini zudlik bilan toʻxtatiladi hamda 2 haftaga karantinga olinadi. Qayd etilishicha, ushbu vaqt mobaynida ular onlayn tartibida faoliyat yuritadi.
Umumiy ovqatlanish muassasalarida oʻrinlar 50 foizgacha cheklanadi, lekin 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi. Avtobuslarda oʻrindiqlarning 50 foizgacha cheklanadi, avtobuslar soni koʻpaytiriladi.
1 maydan boshlab kontsert tomosha dasturlarini yopiq madaniyat saroylarida oʻtkazish toʻxtatiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala