O‘zbekistonda prezident maktablari soni yana 10taga ko‘payadi

© Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiPrezident maktabi direktori To‘raboy Shermatov
Prezident maktabi direktori To‘raboy Shermatov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
Obuna bo‘lish
Ushbu yangi ochilayotgan prezident maktablariga hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali pedagoglarni jalb etish maqsadida job.piima.uz sayti yaratildi.
TOShKENT, 17 apr - Sputnik. O‘zbekiston viloyatlari bo‘ylab yana 10 ta Prezident maktablari qurilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova Sputnik O‘zbekiston muxbiri bilan intervyu davomida ma’lum qildi.
Nashe schastye: Shavkat Mirziyoyev poobshalsya s detmi Prezidentskoy shkoli v Xive - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 13.03.2020
Shavkat Mirziyoyev Xivada Prezident maktabi o‘quvchilari bilan uchrashdi
Ushbu yangi ochilayotgan prezident maktablariga hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga malakali pedagoglarni jalb etish maqsadida job.piima.uz sayti yaratilgan va 16-aprel kuni sayt taqdimoti bo‘lib o‘tgan.
Ushbu sayt orqali o‘qituvchilar Agentlik tizimidagi maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishlari hamda mavjud vakant bo‘yicha ishga hujjat topshirishlari mumkin.
Agentlik axborot xizmati raxbari Dilfuza Sobirovaning ma’lumot berishicha, ayni vaqtda saytda bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishish va ishga kirish uchun elektron anketa to‘ldirish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilgan.
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligiga malakali pedagog xodimlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilg‘or va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini tatbiq etish yo‘li bilan tizimda kadrlar siyosatini shakllantirishning zamonaviy tamoyillarini joriy etish vazifasi yuklatilgan.
Glava Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 10-sentabrya posetil prezidentskuyu shkolu v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.09.2019
Prezident maktabiga eng ko‘p Sergeli maktablari o‘quvchilari kirgan - vazir
Ushbu vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Job.piima.uz saytiga tashrif buyuruvchilar hozirda faoliyat yuritayotgan prezident, ijod va ixtisoslashtirligan maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlari hamda viloyatlarda yangi ochiladigan prezident maktablariga ishga qabul qilishning bosqichlarida ishtirok etishlari mumkin.
Ushbu sayt yordamida O‘zbekiston aholisi prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablardagi bo‘sh ish o‘rinlar va lavozimga qo‘yiladigan talablar bilan tanishishlari, anketani saytning o‘zida to‘ldirishlari va filtratsiyadan o‘tgach, talabgorlarga sms-xabarnoma yuborilishi ham yo‘lga qo‘yilgan.
Ushbu veb-saytni ishga tushirish orqali prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarga xodimlarni to‘g‘ri tanlash va ishga olishda hamda talabnoma beruvchilar o‘rtasidagi tanlovda shaffoflikni ta’minlash birinchi o‘ringa qo‘yilgan.
Yangiliklar lentasi
0