O‘zbekistonga yaqin kunlarda "Sputnik V" vaksinasi olib kelinadi

© Sputnik / Mediabankka o‘tishVaksina Sputnik V
Vaksina Sputnik V - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat rahbari so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V" dastavval O‘zbekiston hukumati tomonidan vaksinalash strategiyasiga kiritilgan bo‘lgan.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. O‘zbekiston yaqin kunlarda "Sputnik V" vaksinasini oladi.
Hukumat rahbari so‘zlariga ko‘ra, "Sputnik V" dastavval O‘zbekiston hukumati tomonidan vaksinalash strategiyasiga kiritilgan bo‘lgan.
"Maxsus komissiyaning kengaytirilgan yig‘ilishida aprel oyi oxirigacha yana bir million donadan ziyod vaksina olib kelinishi kutilayotgani aytildi", deyiladi SSV xabarida.
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.04.2021
Qozog‘iston prezidenti “Sputnik V” bilan emlandi
RIA Novosti xabariga ko‘ra, O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov "Sputnik V" vaksinasi aprel oyi oxiriga qadar emlash jarayoniga kiritilishi haqida xabar qilgan.
Fevral oyida "Sputnik V" vaksinasi O‘zbekistonda sertifikatlangan va preparat bilan ommaviy emlashga ruxsat berilgan edi.
Ayni vaqtda "Sputnik V" yana bir necha o‘nlab davlatlarda, xususan, Turkmanistonda, Belarusda, Armanistonda, Argentinada, Boliviyada, Serbiyada, Jazoirda, Falastinda, Gayanada, Venesuelada, Paragvayda, Vengriyada, BAAda, Eronda, Gvineya Respublikasida, Tunisda, Meksikada, Nikaraguada, Serbiyada, Livanda, Myanmada, Pokistonda, Mo‘g‘ulistonda, Baxreynda, Chernogoriyada, Sent-Vinsentda va Grenadinda, Gaboneda, San-Marinoda va boshqa davlatlarda ro‘yxatga olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ommaviy emlash 1-aprel sanasidan start olgan edi.
Yangiliklar lentasi
0