Rossiyalik olimlar koronavirusga qarshi yeyiladigan vaksina yaratishmoqda

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishSotrudnitsa laboratorii Federalnogo nauchnogo sentra issledovaniy i razrabotki immunobiologicheskix preparatov imeni M. P. Chumakova vo vremya polucheniya i ispitaniya komponentov dlya posleduyushego proizvodstva vaksini ot koronavirusa "KoviVak".
Sotrudnitsa laboratorii Federalnogo nauchnogo sentra issledovaniy i razrabotki immunobiologicheskix preparatov imeni M. P. Chumakova vo vremya polucheniya i ispitaniya komponentov dlya posleduyushego proizvodstva vaksini ot koronavirusa KoviVak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2021
Obuna bo‘lish
Mukozal vaksina qatiq ta’miga ega bo‘ladi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, preparat ko‘proq yog‘li qatiq (rajenka)ni eslatadi. Preparatni yaratish ustida ishlar bir yil oldin boshlangan.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Sankt-Peterburgdagi tajriba tibbiyoti instituti (TTI) yil yakuniga qadar COVID-19ga qarshi yeyiladigan va ta’mi jihatdan rajenkani eslatadigan vaksinaning klinikga qadar sinovlarini yakunlashni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti.
TTI rahbari, RFA professori Aleksandr Dmitriyev tadqiqotlarda institut akademik ilmiy an’analardan voz kechmaganini ma’lum qildi.
Koronavirus pod mikroskopom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.04.2021
O‘zbek olimlari koronavirus genomlarini o‘qishdi - bu ma’lumotlar asosida vaksina yaratiladi

"Ilm-fan mafkurasi shundan iboratki, tadqiqotlar tizimli ravishda, bosqichma-bosqich, har bir bosqichda barcha dastlabki tajribalarni tekshirish, ular asosida xulosalar shakllantirish va keyingi maqsad va vazifalarni belgilash orqali amalga oshiriladi. Aynan shu akademik fan sanaladi. Boshqacha aytganda, bino tomini faqatgina devorlarni qad rostlaganda yopish mumkin, devorlar esa ishonchli poydevor bo‘lgandagina qadr rostlanadi. Bizning barcha tadqiqotlarimiz, xususan, COVID-19 ga qarshi qatiq ta’mli ishlanmamiz ham xuddi shu tamoyilga asoslanadi”

TTI rahbari, RFA professori Aleksandr Dmitriyev

Uning aytishicha, tegishli tadqiqotlar Tajriba tibbiyoti institutida bir yilcha oldin start olgan.
"Mutaxassislarning bahosiga ko‘ra, klinikga qadar sinovlarni yakunlash va klinik tadqiqotlarni o‘tkazish uchun 200-220 million rubl zarur bo‘ladi. Hozirda budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish uchun imkoniyatlarni izlamoqdamiz”, - deb ta’kidladi Dmitriyev.
Vaksinatsiya ot koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.04.2021
O‘zbekistonda vaksina olgan fuqarolar soni 100 mingdan oshdi
U shuningdek, klinikga qadar tadqiqotlarni 2021-yil oxiri – 2022-yil yakuniga qadar tugatish rejalashtirilayotganini qo‘shimcha qildi.
Ishlab chiqaruvchilarning aytishicha, vaksinani iste’mol qilganda hujayra darajasida patogen bakteriyalar va viruslarga qarshi “ovchilar” hosil bo‘lib, gumoral darajada antitanachalar shakllanishi yuzaga keladi.
Shu bilan birga, mukozal vaksina iste’mol qilinganda, infeksiya “darvozasi” sanalgan shilliq pardada inyeksiyali vaksinaga reaksiyadan farqli o‘laroq antitanachalarning boshqacha sinfi – immunoglobulinlar hosil bo‘ladi.
Dmitriyevning so‘zlariga ko‘ra, tajriba tibbiyoti instituti probiotiklar asosida vaksinalar – tirik bakteriyalarni ishlab chiqarish bo‘yicha katta tajribaga. Xususan, shu vaqtgacha institut tomonidan gripp, pnevmokokk va streptokokka qarshi xuddi shunday vaksinalar bor.
Tajriba tibbiyoti instituti rahbarining fikricha, ushbu ishlanma jiddiy afzalliklarga ega.
Klinicheskie ispitaniya vaksini Sputnik Layt - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.03.2021
Rossiyada “Sputnik Layt” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
Birinchidan, tegishli qatiq mahsulotini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan texnologiya patentlashtirilgan. Ikkinchidan, koronavirusga qarshi iste’mol qilinadigan vaksinani tayyorlash kimoviy sintez va qo‘shimcha tozalash ishlarini talab etmaydi.
Tajriba tibbiyoti instituti 1890-yilda shahzoda Aleksandr Oldenburgskiy tomonidan tashkil etilgan. Shahzoda bu ishni armiyasidagi quturgan it tomonidan tishlangan ofitser hayotini saqlab qolish maqsadida amalga oshirgan. XX asr boshida TTIda yaratilgan preparatlar yordamida vaboga chalingan bemorlarni davolatishgan.
Shuningdek, bu yerda dunyoda birinchi bo‘lib poliomiyelitga qarshi vaksina, grippga qarshi “tirik” vaksina va boshqa ko‘plab preparatlar yaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0