Dunyoda

TSRU Raul Kastroni oʻldirishga uringan

© AFP / JUAN BARRETORaul Kastro
Raul Kastro - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Raul Kastro – Kuba inqilobi muallifi Fidel Kastroning kenja ukasi va oʻng qoʻli boʻlib, yarim asr davomida kuba armiyasini boshqarib kelgan.
TOSHKENT, 17 apr – Sputnik. Markaziy razvedka boshqarmasi (TSRU) Kuba inqilobi yetakchilaridan biri Raul Kastroga suiqasd uyushtirishni rejalashtirgan. Jorj Vashington universitetidagi Milliy xavfsizlik arxivi ushbu voqeaga doir hujjatlarni eʼlon qildi.
Maxfiylik grifi olib tashlangan hujjatlarda aytilishicha, 1960 yilning 21 iyulida Raul Pragadan Gvineyaga qaytishi kerak boʻlgan samolyot uchuvchisi suʼiqasd bosh figurasi boʻlgan.
Uchuvchiga rejalashtirilayotgan jinoyatda ishtirok uchun 10 ming dollar taklif etilgan. Uchuvchi agar halok boʻladigan taqdirda ikkala farzandi kollejga joylashtirilishi kafolati bilan bu ishga rozi boʻlgan.
Fidel Kastro Oʻzbekistonda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.11.2016
Foto
Chopon kiygan Fidel Kastro! - Komandantening Oʻzbekistonga tashrifi aks etgan suratlar
Hujjatda keltirilishicha, TSRU uchuvchini ogohlantirish imkoni boʻlmagan paytda operatsini bekor qilishga qaror qilgan. Sal keyin qaytgandan soʻng uchuvchi Kubadagi TSRU rezidentiga operatsiyani amalga oshirolmaganini, negaki bunga imkoniyat boʻlmaganini maʼlum qilgan.
Raul Kastro – Kuba inqilobi muallifi Fidel Kastroning kenja ukasi va oʻng qoʻli boʻlib, yarim asr davomida kuba armiyasini boshqarib kelgan.
Akasi ketgach 2008 yildan 2018 yilga qadar davlat rahbari lavozimini egallagan. 2021 yilning 16 aprelida 89 yoshli Raul Kastro oxirgi va muhim lavozim – orol davlati Kompartiyasi rahbarligini tark etishi haqida bayonot
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala