Jamiyat

COVID-19 ga qarshi oʻzbek olimlarining vaktsinasi JSST nomzod vaktsinalar roʻyxatiga kiritildi

© SS0 / Unsplash / Hakan NuralVaktsina, illyustrativnoye foto
Vaktsina, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Avvalroq sogʻliqni saqlash vaziri Oʻzbekiston COVID-19 ga oʻz vaktsinasini yaratishga kirishgani haqida maʼlum qilgan edi.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Oʻzbekiston olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaktsina Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining (JSST) nomzod vaktsinalar roʻyxatiga kiritildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Gap vazirlik huzuridagi Ilgʻor texnologiyalar markazining koronavirus S oqsili asosidagi rekombinant vaktsinasi va Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazining SARS-Cov-2ning oqsil boʻlagi vaktsinalari haqida bormoqda.
Ampulы i shprits na sinem fone - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.03.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston COVID-19ga oʻz vaktsinasini yaratishga kirishdi
Taʼkidlanishicha, mazkur ikki vaktsina hozirda klinik oldi sinovlaridan oʻtmoqda.
Avvalroq sogʻliqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev Oʻzbekiston COVID-19 ga oʻz vaktsinasini yaratishga kirishgani haqida maʼlum qilgan edi.
Kuni kecha bosh vazir Abdulla Aripov yil oxirigacha Oʻzbekiston oʻz vaktsinasini chiqarishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala