COVID-19 ga qarshi o‘zbek olimlarining vaksinasi JSST nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi

© SS0 / Unsplash / Hakan NuralVaksina, illyustrativnoe foto
Vaksina, illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Obuna bo‘lish
Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri O‘zbekiston COVID-19 ga o‘z vaksinasini yaratishga kirishgani haqida ma’lum qilgan edi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. O‘zbekiston olimlari tomonidan yaratilayotgan ikki vaksina Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining (JSST) nomzod vaksinalar ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Gap vazirlik huzuridagi Ilg‘or texnologiyalar markazining koronavirus S oqsili asosidagi rekombinant vaksinasi va Fanlar akademiyasining Genomika va bioinformatika markazining SARS-Cov-2ning oqsil bo‘lagi vaksinalari haqida bormoqda.
Ampuli i shpris na sinem fone - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.03.2021
O‘zbekiston COVID-19ga o‘z vaksinasini yaratishga kirishdi
Ta’kidlanishicha, mazkur ikki vaksina hozirda klinik oldi sinovlaridan o‘tmoqda.
Avvalroq sog‘liqni saqlash vaziri Abduhakim Xadjibayev O‘zbekiston COVID-19 ga o‘z vaksinasini yaratishga kirishgani haqida ma’lum qilgan edi.
Kuni kecha bosh vazir Abdulla Aripov yil oxirigacha O‘zbekiston o‘z vaksinasini chiqarishi mumkinligi haqida gapirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0