Jizzaxda soxta diplomli maktab o‘qituvchilari dars berib kelayotgani aniqlandi

© Unsplash / Barry Zhou Pustoy klass
Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Obuna bo‘lish
Oliy o‘quv yurtlarida o‘qimagan va soxta diplom bilan o‘qituvchi bo‘lib ishlagan 10 kishining kirdikorlari fosh qilingan.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida soxta diplom bilan ishlab kelayotgan 10 nafar maktab o‘qituvchisi aniqlandi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, Sharof Rashidov tuman xalq ta’limi bo‘limida o‘tkazilgan tekshiruv davomida oliy o‘quv yurtlarida o‘qimagan va soxta diplom bilan o‘qituvchi bo‘lib ishlagan 10 kishining kirdikorlari fosh qilingan.
Vstupitelnie ekzameni v magistraturu Akademii Generalnoy prokuraturi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.10.2020
Harbiy tavsiyanomalardan 300tasi soxta chiqdi
Ular A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Guliston davlat universitetlarining qalbaki diplomlariga ega bo‘lishgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni tayyorlash, qalbakilashtirish, ularni sotish yoki ishlatish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0