Jamiyat

Koronavirus: Oʻzbekistonda kasallanganlar keskin koʻpaymoqda – kecha ikki bemor vafot etdi

© Sputnik / Kirill Braga / Fotobankka oʻtishLecheniye bolnыx COVID-19
Lecheniye bolnыx COVID-19  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Eng koʻp Toshkent shahri va viloyatida aniqlangan. Keyingi oʻrinlarda Samarqand va Buxoro viloyatlari.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Kecha, 17 aprel kuni, Oʻzbekistonda yana 342 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 86 680 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.
Yangi kasallanganlarning 7 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 3 nafari Andijon viloyatida, 10 nafari Buxoro viloyatida, 8 nafari Jizzax viloyatida, 2 nafari Navoiy viloyatida, 3 nafari Namangan viloyatida, 29 nafari Samarqand viloyatida, 3 nafari Sirdaryo viloyatida, 1 nafari Surxondaryo viloyatida, 4 nafari Fargʻona viloyatida, 1 nafari Xorazm viloyatida, 50 nafari Toshkent viloyatida, 221 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Politseyskiye v maskax na ulitsax Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.04.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda karantin qoidalari yana kuchaytiriladi
Mamlakatda kasallikdan jami 84 043 kishi (+205) sogʻayib ketgan va sogʻayish koʻrsatkichi 97 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, 2 nafar bemor vafot etib, koronavirus qurbonlari soni 638 nafarni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1999 nafar bemordan 238 nafari ogʻir, 109 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala