Dunyoda

OAV: Eron va Saudiya Arabistoni munosabatlarni qayta tiklashni muhokama qilmoqda

© AFP 2018 / FAYEZ NURELDINEFlag Saudovskoy Aravii
Flag Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Tehron va Ar-Riyod vakillarining birinchi uchrashuvi 9 aprel kuni Bagʻdodda boʻlib oʻtgan.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Saudiya Arabistoni va Eron hukumatlari munosabatlarni qayta tiklash borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda “Financial Times” gazetasi iroqlik amaldorlarga tayangan holda xabar bermoqda.
Iroq muzokaralarni tashkillashtirishda vositachi rolini ijro etmoqda. Tehron va Ar-Riyod vakillarining birinchi uchrashuvi 9 aprel kuni Bagʻdodda boʻlib oʻtgan. Unda Yaman hutiylarining hujumlari muhokama qilingan. Ikki mamlakat muzokaralari ijobiy ruhda oʻtgani xabar qilinmoqda.
flag Irana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.04.2021
Dunyoda
Yadroviy zavodga "hujum": Eron Isroildan oʻch olishga vaʼda berdi
Bu ikki mamlakatning 2016 yildan buyon bir-biriga peshvoz chiqishining ilk jiddiy odimi boʻldi. Munosabatlarni yaxshilashga qaratilgan sayʼ-harakatlar AQShning Eron bilan yadroviy bitimni tiklashga urinishi vaqtida boʻlib oʻtmoqda.
Gazeta maʼlumotlariga koʻra, Eron va Saudiya Arabistoni vakillarining keyingi uchrashuvi kelasi hafta boʻlib oʻtishi lozim. Arabiston delegatsiyasiga arabiston razvedkasi rahbari Xalid bin Ali al-Humaydan rahbarlik qiladi.
Ikki mamlakat muloqotini tashkillashtirishga yaqinda Ar-Riyodda shahzoda Muhammad bin Salmon bilan muzokaralar oʻtkazgan Iroq bosh vaziri Mustafo al-Kazimiy faol koʻmaklashmoqda.
Mansabdor shaxslar muzokaralar boʻlib oʻtganini tan olishmagan.
“Yuqori lavozimli Saudiya Arabistoni amaldori Eron bilan biror bir muzokaralar boʻlganini inkor etdi. Iroq va Eron hukumati izoh berishdan oʻzini tiydi. Biroq yuqori lavozimli iroqlik amaldor va chet ellik diplomat muzokaralar boʻlib oʻtganini tasdiqladi”, - deya yozadi gazeta.
Xabar qilinishicha, Iroq Eron va Misr hamda Eron va Iordaniya oʻrtasidagi muloqot aloqalarini taʼminlaydi.
Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik munosabatlarni 2016 yil yanvar oyida Tehrondagi elchixonasi oldida Ar-Riyodda taniqli din arbobini qatl qilinishiga qarshi oʻtkazilgan norozilik namoyishlari sabab uzib qoʻygan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala