Sport

Ogʻabek Nafasov ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida kumush medalga ega chiqdi

© Press-slujba NOK Uzbekistana Ogabek Nafasov zavoyeval serebryanuyu medal na chempionate Azii po tyajeloy atletike
Ogabek Nafasov zavoyeval serebryanuyu medal na chempionate Azii po tyajeloy atletike - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Ogʻabek Nafasov ogʻir atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga Osiyo chempionatidagi ilk medalni taqdim etdi
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Toshkentda oʻtayotgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida erkaklar oʻrtasida -55 kg vazn toifasida Ogʻabek Nafasov jamoaning musobaqadagi ilk medaliga mualliflik qildi.
Milliy olimpiya qoʻmitasi xabariga koʻra, dast koʻtarish mashqida oʻzbek atleti avvaliga 104, keyin 108 kg toshni oʻziga boʻysundirdi. Biroq uchinchi urinishda 111 kg tosh unga bir oz ogʻirlik qildi. Ammo shunda ham Nasafov ushbu mashqda ikkinchi oʻrinni egalladi.
Universiada. 7-y den. Tyajelaya atletika - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.02.2021
Sport
Toshkent ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi
Uchala imkoniyatidan unumli foydalangan qozogʻistonlik Arli Chontay (115 kg) birinchi boʻlgan boʻlsa, uchlikni uning hamyurti Ablay Auleyxanov (108 kg) yakunlab berdi.
Erkaklar 55 kg (dast koʻtarish)
1. Arli Chontay (Qozogʻiston) – 115 kg;
2. Ogʻabek Nafasov (Oʻzbekiston) – 108 kg;
3. Ablay Auleyxanov (Qozogʻiston) – 108 kg.
Siltab koʻtarish mashqini Ogʻabek 132 kg bilan yakunladi. Afsuski, qolgan raqiblarning ushbu yoʻnalishdagi muvaffaqiyatli ishtiroki sabab Oʻzbekiston vakili ikki kurash boʻyicha toʻrtinchi natijani qayd etdi. Bu borada uchinchi oʻrin egasi Shri-Lanka vakili Dilanka Yodagedan atigi 1 kg ajratib turibdi, xolos.
Yakuniy:
1. Arli Chontay (Qozogʻiston) – 255 kg (115 kg + 140 kg);
2. Ablay Auleyxanov (Qozogʻiston) – 244 (108+136)
3. Dilanka Yodage (Shri-Lanka) – 241 (104+137)
4. Ogʻabek Nafasov (Oʻzbekiston) – 240 (108+132)
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala