Jamiyat

Oʻzbekistonda qaysi yosh toifalari COVID-19 bilan koʻproq kasallanayotgani ochiqlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya na Gange
Alleya na Gange - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.04.2021
Bahodir Yusupaliyev 14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtacha 13-15 foiz koronavirus bilan kasallanayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 18 apr — Sputnik. Cogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati rahbari Bahodir Yusupaliyev koronavirusga necha yoshlilar koʻproq chalinayotgani borasida maʼlumot berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, ayni paytda Oʻzbekistonda koronavirus bilan kasallanganlarning yoshma-yosh tahlili quyidagicha:
14 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtacha 13-15 foiz;
15-19 yoshdagilar 4-6 foiz;
20-29 yoshdagilar 11-14 foiz;
30-39 yoshdagilar 17-20 foiz;
40-49 yoshdagilar 10-15 foiz;
50-59 yoshdagilar 12-16 foiz;
60 yosh va undan kattalar 22-26 foiz.
Shuningdek, maxsus komissiyaning kengaytirilgan yigʻilishida bosh vazir Abdulla Aripov infektsiya 6-7 foizda oliy taʼlim muassasalarida va 11-15 foiz holatda umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida yuqtirib olinganini qayd etgan. Bu oʻtgan yilgi holat bilan taqqoslanadigan boʻlsa, oʻshanda maktab bolalarida bu kasallik yoʻq edi.
“Yil boshida britancha shtamm bolalar oʻrtasida tarqaldi, biz qator maktab va bogʻchalarni yopishga majbur boʻldik. Yaʼni hozir kasallik ham oʻz turini oʻzgartirib, yanada xavfliroq boʻla boshladi. Avval bolalarga taʼsir qilmagan boʻlsa, hozir aksincha boʻlyapti, hattoki bogʻcha bolalariga ham taʼsir qilyapti”, - dedi Aripov.
Bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz – Otabekov  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Video
Otabekov: bolalarda aniqlanayotgan koronavirusda britancha shtamm ishtirokini inkor qilmaymiz
Bosh vazir afrikacha shtamm ham Oʻzbekistonga kirganini qoʻshimcha qildi. Hozir virusni oʻrganilib, chuqur tahlil olib borilyapti.
17 aprel holatiga koʻra mamlakatda 86 680 (+342) koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgan. Qurbonlar soni 638 nafarga yetgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala