Rossiya TIV Chexiyaga norozilik bildirdi

© Sputnik / Anton DenisovZdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve
Zdanie Ministerstva inostrannix del RF na Smolenskoy-Sennoy ploshadi v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Obuna bo‘lish
17 aprel kuni Chexiya 18 nafar rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi 18 nafar rossiyalik diplomatlar persona non grata deb e’lon qilingandan so‘ng Chexiyaga qat’iy norozilik bildirdi. Bu haqda mamlakat tashqi siyosiy idorasi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik Chexiya hukumati o‘zining “misli ko‘rilmagan qarorini” Rossiya maxsus xizmati 2014-yilgi Vrbetitse aholi punktidagi harbiy ombordagi portlashga go‘yoki aloqadorligi bilan asoslaganini ko‘rsatib, ilgari Praga portlash uchun aybni bu omborlarga egalik qilgan firmalar zimmasiga yuklaganini eslatgan.
Rossiya TIV bu qadamni so‘nggi yillarda Chexiya tomonidan qabul qilingan Rossiyaga qarshi aksiyalarning davomi deb baholagan.
“Shuningdek, amerika izini ko‘rmaslik mumkin emas. Rossiyaga nisbatan yaqindagi amerika sanksiyalari fonida AQShga yoqish ishtiyoqida Chexiya hukumati bu borada hatto o‘zlarining okean ortidagi xo‘jayinlaridan oshib tushishdi”, - deyilgan bayonotda.
Flag SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2021
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi
Aniqlik kiritilishicha, Praganing xatti-harakatlari javobsiz qolmaydi.
“Chexiya hukumatiga qat’iy norozilik bildiramiz. Bu ig‘vo mualliflarining mamlakatlarimiz o‘rtasidagi normal munosabatlar rivojlanishi asosi buzilishi uchun to‘liq javobgarlikni anglashga majbur qiladigan javob choralarini qabul qilamiz”, - deyilgan Rossiya TIV xabarida.
17 aprel kuni Chexiya 18 nafar rossiyalik diplomatlarni mamlakatdan chiqarib yuborishini e’lon qildi. Mamlakat hukumati o‘z qarorini ular go‘yoki Rossiya maxsus xizmati xodimlari deb topilgani bilan tushuntirgan. Shu bilan birga buning biror bir dalilini keltirmagan.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Praga shunga o‘xshash fokuslar ortidan qanday oqibatlar kelib chiqishidan yaxshi boxabarligini bildirdi.
Yangiliklar lentasi
0