Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishInostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti.
Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyada noqonuniy ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolariga 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirish tavsiya qilindi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi O‘zbekiston fuqarolarini 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya IIV bilan u yerda huquqiy maqomi qonuniylashtirilishi kerak bo‘lgan 300 ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolarining ro‘yxati shakllantirilgan.
“Shu fursatdan foydalanib, Rossiya hududida noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari 2021-yilning 15-iyuniga qadar yashash joyidagi tegishli Rossiyaning ichki ishlar organlariga murojaat qilish orqali u yerda bo‘lishlarini qonuniylashtirish huquqidan foydalanishga chaqiramiz”, - deyilgan xabarda.
Bunda Rossiyaning ichki ishlar organlari tomonidan noqonuniy ravishda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan mamlakatdan ma’muriy chiqarib yuborish, deportatsiya qilish choralari qo‘llanilmaydi. Ularga yashash joyidagi migratsiya bo‘limidan qayta ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati beriladi.
Bu masalada yordam so‘rab, O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi va Rossiya mintaqalaridagi Bosh konsulxonalariga hamda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining qo‘yidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin.
© Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Diplomatik vakolatxonalar va ularning telefon raqamlari
Diplomatik vakolatxonalar va ularning telefon raqamlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Diplomatik vakolatxonalar va ularning telefon raqamlari
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Putin farmoni bilan Rossiya hududida noqonuniy bo‘lib turgan xorijiy davlat fuqarolariga 2021-yil 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga ruxsat berilgan.
Kuni kecha Rossiya IIV mamlakatdagi O‘zbekiston hamda boshqa MDH davlatlaridan bo‘lgan noqonuniy migrantlar 15-iyunga qadar mamlakatni tark etishi kerakligini ta’kidlagan edi. Aks holda ularga nisbatan jazo qo‘llaniladi, ya’ni migrantlar chiqarib yuboriladi va ular uzoq muddat Rossiyaga kirish huquqidan mahrum qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0