Tojikiston Rossiyaning noqonuniy migrantlar to‘g‘risidagi ma’lumotlariga shubha bilan qaradi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishStroitelstvo
Stroitelstvo  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Obuna bo‘lish
Rossiyadagi Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligi vakolatxonasi rahbari Rossiya IIV tomonidan keltirilgan raqamlar oshirib ko‘rsatilganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 18 apr — Sputnik. Rossiya IIVning mamlakatda 247 ming nafar Tojikiston fuqarolari noqonuniy bo‘lib turgani to‘g‘risidagi raqamlari oshirib ko‘rsatilgan. Bu haqda RIA Novostiga Rossiyadagi Tojikiston mehnat, migratsiya va aholi bandligi vazirligi vakolatxonasi rahbari Zohir Mirzoyev ma’lum qildi.
“Bu raqam ko‘p yillar davomida yig‘ilgan... 5, 10, 15-yil mobaynida. Biz gumon qilamizki, ularning aksariyati o‘z vaqtida boshqa hujjatlar bilan Tojikistonga ketgan va u yerda”, - dedi Mirzoyev.
Masalan, bu agar fuqaro Rossiyaga qonuniy kelib, lekin hujjatlarini yo‘qotib qo‘yib, yangi hujjatlar bilan vatanga qaytgan taqdirda ro‘y berishi mumkin. Shunga qaramasdan u Rossiya bazasida qoladi. Vaqt o‘tishi bilan uning eski hujjatlarining amal qilish muddati tugaydi va migrant noqonuniylar qatoriga o‘tadi.
Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.04.2021
Rossiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarga murojaat qilindi
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Gorovoy joriy yilning 15-iyuniga qadar noqonuniy mehnat migrantlari Rossiyani tark etishlari kerakligini ma’lum qilgan edi.
Ma’lumotlarga qaraganda, hozirda Rossiyada eng ko‘p O‘zbekiston (332 ming), Tojikiston (247 ming) va Ukraina (152 ming) fuqarolari noqonuniy bo‘lib turibdi.
O‘z navbatida O‘zbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyadagi mamlakat fuqarolarni 15-iyunga qadar o‘z maqomlarini qonuniylashtirishga chaqirgan va bu masalada tegishli organlar ko‘maklashishini ma’lum qilgan.
Yangiliklar lentasi
0