Dunyoda

Aholisining yarmi toʻliq emlangan Isroil koʻchada niqob taqmaslikka ruxsat berdi

© Sputnik / Amit Shaal / Fotobankka oʻtishUsileniye karantinnыx mer v Izraile
Usileniye karantinnыx mer v Izraile - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Shu bilan birga mamlakat SSV odamlar gavjum joyda niqob taqishni tavsiya qilmoqda.
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. Isroil Sogʻliqni saqlash vazirligi koʻchada niqob taqib yurish talabini bekor qildi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qildi.
“Butun mamlakat boʻylab kasallanish koʻrsatgichi pastligicha qolmoqda, ochiq havoda niqob taqib yurish talabi bekor qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Shu bilan birga SSV odamlar gavjum joyda niqob taqishni tavsiya qilmoqda. Bino ichida niqobda boʻlish majburiyligicha qolmoqda.
Ultraortodoksalnыe yevrei v zaщitnыx maskax v parke v Tel-Aviva, Izrail - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.09.2020
Dunyoda
Isroil dunyoda birinchi boʻlib takroriy karantinni joriy qildi
Isroil 23 maydan koronavirusga qarshi emlangan xorijlik sayyohlar va COVID-19 bilan kasallangandan keyin antitanachalarga ega boʻlganlar uchun chegaralarini ochadi. Isroil 8 apreldan koronovirusga qarshi emlangan xorijliklarga mamlakatdagi qarindoshlari holidan xabar olishga ruxsat berdi.
Isroilda aholini emlash 2020 yil dekabrida boshlangan. Hozirga kelib 9,3 million kishidan iborat aholining 50 foizi ikki dozali vaktsina bilan koronavirusga qarshi toʻliq emlangan.
Jons Hopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, pandemiya boshlangandan buyon Isroilda 836 mingdan ziyod kishi koronavirus bilan kasallangan. 6,3 mingdan ziyod kishi COVID-19 dan vafot etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala