Jamiyat

Gʻalaba kuni arafasida “Oʻzbek xalqi matonati” mavzusida ijodiy tanlov boʻlib oʻtadi

Park Pobedы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Gʻalabaning 76 yilligi arafasida qator xalqaro anjumanlar, koʻrik tanlov va ijodiy konkurslar boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 19 apr – Sputnik. Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 76 yilligi arafasida Oʻzbekiston boʻylab maxsus tanlov oʻtkaziladi, deb xabar qildi Mudofaa vazirining madaniy ishlar boʻyicha maslahatchisi, "Gʻalaba bogʻi" yodgorlik majmuasi boshligʻi, polkovnik Shuhrat Yusupov AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda.
“Yoshlar oʻrtasida oʻzbek xalqining Ikkinchi jahon urushidagi jasorati, sabr-matonati, mardligi, vatanparvarligini tarannum etuvchi ijodiy ishlar tanlovi eʼlon qilindi.
Koʻrik-tanlov Badiiy akademiya, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziriligi, Xalq taʼlim vazirligi, Fanlar akademiyasi Sanʼatshunoslik instituti, "Hunarmand" uyushmasi bilan hamkorlikda oʻtkaziladi va gʻoliblar 9 may kuni eʼlon qilinib, “Gʻalaba bogʻi” yodgorlik majmuasida taqdirlanadi”, - dedi Yusupov.
Undan tashqari “Gʻalaba bogʻi”da 20 apreldan 20 mayiga qadar “Urush noming oʻchsin jahonda!” mavzusida ijodiy ishlar koʻrgazmalari tashkil etiladi.
Ikkinchi jahon urush jarayonlarini, urush qatnashchilari hamda front orti faxriylarining fidoyiligini aks ettiruvchi videlavhalar, qisqa metrajli filmlar va boshqa materiallardan tungi video-panorama shousi tashkillashtirish ustida ish olib borayapmiz.
Shuningdek, 2021 yil 30 aprel kuni Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va xotirasida Ikkinchi jahon urushi: voqealar, ishtirokchilar, ramzlar" mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya oʻtkazish boʻyicha tayyorgarlik koʻrilmoqda. Anjuman Mudofaa vazirligi Xalqaro harbiy hamkorlik bosh boshqarmasi, Tashqi ishlar vazirligi va tegishli idora, tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil qilinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala