Jamiyat

Hafta oʻrtasida yomgʻir yogʻadi – Oʻzgidromet

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishDojd
Dojd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 20-21 aprelda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, sel kelishi xavfi bor.
TOSHKENT, 19 apr — Sputnik. 20-21 aprelda Oʻzbekiston hududiga Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari, soʻng Ural hududlaridan deyarli sovuq antitsiklon kirib keladi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar qilmoqda.
20 aprel kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida faqat baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi 12-17° iliq, kunduzi 17-22° iliq atrofida boʻladi.
21 aprel kuni respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi. Kunduzgi havo harorati 13-18° iliqgacha pasayadi.
Respublikaning ayrim tumanlarida 20-21 aprelda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida 20-21 aprelda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda kuchli boʻladi, sel kelishi xavfi bor.
Ish haftasining ikkinchi yarmida Oʻzbekistonning barcha hududlari boʻyicha kam bulutli va quruq ob-havo boʻladi.
22 aprel kuni harorat kechalari 3-8° iliqgacha pasayadi, kunduz kungi harorat esa asta-sekin koʻtarila boshlaydi va kunduzi havo 17-20° iliqgacha isiydi. 23 aprel kuni esa 22-25° iliqgacha koʻtariladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala