Jamiyat

Karantin qoidalari keskin kuchaytirildi

© GUVD TashkentaSotrudniki pravooxranitelnыx organov v g. Tashkent
Sotrudniki pravooxranitelnыx organov v g. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.04.2021
Oʻzbekistonda koronavirusga chalinish holatlari koʻpayganini hisobga olgan holda, Maxsus komissiya 18 apreldan boshlab karantin choralarini keskin kuchaytirishga qaror qildi.
TOSHKENT, 19 apr - Sputnik. Oʻzbekistonda 18 apreldan boshlab karantin qoidalari keskin kuchaytirildi Bu haqida Bosh vazir Abdulla Oripov koronavirusga qarshi kurash boʻyicha Maxsus komissiyaning yigʻilishida maʼlum qildi.
Xususan 18 apreldan boshlab quyidagi qoida va cheklovlar joriy etildi:
Bogʻcha, maktab, kolllej va OTMlarda koronavirus kasallik aniqlanganda, ular zudlik bilan 2 haftalik karantinga yopiladi;
Karantin qoidasini buzganlar qatʼiy javobgarlikka tortiladi, jarimalar qoʻllaniladi;
Umumiy ovqatlanish muassasalarida oʻrindiqlar 50%ga cheklanadi va ularning soni 100 kishidan oshmasligi nazorat qilinadi;
Avtobuslarda oʻrindiqlar soni 50%ga cheklanadi va ularning soni koʻpaytiriladi;
1 maydan boshlab kontsert dasturlarini yopiq binolarda oʻtkazish cheklanadi;
Koʻchma tibbiy brigadalar va dori-darmon zahiralari yaratiladi;
Undan tashqari taroveh namozlarini ochiq hududlarda ado etish, iftorliklarni esa imkon qadar oila davrasida yoki 100 kishidan oshmagan holat ochiq havoda oʻtkazish tavsiya etildi.
Bozorlar va yirik savdo majmualarida karantin qodalariga amal qilish qatʼiy nazorat ostiga olinadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala