Keksalar va bolalarga taroveh namozlarini uyda ado etish tavsiya etildi

© © Sputnik / Amir IsayevPrazdnichniy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe
Prazdnichniy namaz na Idi Kurbon v Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.04.2021
Obuna bo‘lish
Epidemiologik vaziyatni hisobga olib, namozlarni ochiq havoda o‘tkazish, yoshi kattalar va bolalardan - uyda ado etish so‘raldi.
TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Epidemiologik vaziyat va xavflarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston Din ishlari qo‘mitasi masjidlarda o‘qiladigan ommaviy namozlarga oid bir qator tavsiyalarni e’lon qildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi S.Toshboyev hamda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy U. Alimov boshchiligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar vaToshkent shahar vakillari hamda tuman va shahar bosh imom-xatiblari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda respublika hududidagi barcha masjidlarga quyidagi tavsiyalar berildi:
Ramazon oyida taroveh namozlarini ochiq hududlarda (ayvonlar, masjid hovlisi,masjidga tutash ichki ko‘chalarda) ado etish;
Taroveh namozlarini amalga oshirishda 65 va undan katta yoshdagi fuqarolar, yosh bolalar hamda surunkali kasalligi mavjud shaxslar ibodatlarni uy sharoitida amalga oshirish;
Iftorliklarni imkon qadar oila davrasida yoki ishtirokchilar soni cheklangan holda, ixcham, ortiqcha dabdaba va isrofgarchiliksiz o‘tkazish;
Har bir namozxon masjid ichida va namoz davomida tibbiy niqob taqqan holda bo‘lishi va masjidga kirishda dezinfeksiya vositasidan foydalanishi;
Masjid va namozxonalar har kunlik dezinfeksiya qilish, kirish-chiqish joylarini pirometrlar (kontaktsiz harorat o‘lchagich), antiseptik vositalar bilan jihozlash;
Eslatib o‘tamiz 17-aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Koronavirusga qarshi kurash Maxsus komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekistonda so‘nggi kunlarda epidemiologik vaziyat yomonlashgani va shu sababli Maktab va oliygohlarda, jamoat transporti va ommaviy tadbirlarda karantin qoidalarini keskin kuchaytirilishi aytib o‘tilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0